عَلَىٰٓ أَن نُّبَدِّلَ أَمْثَـٰلَكُمْ وَنُنشِئَكُمْ فِى مَا لَا تَعْلَمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizning o`rningizga sizga o`xshashlarni almashtirishdan va sizlarni o`zingiz bilmaydigan holda yaratishdan.Сизнинг ўрнингизга сизга ўхшашларни алмаштиришдан ва сизларни ўзингиз билмайдиган ҳолда яратишдан.Alauddin Mansour: (Sizlarni vafot topdirib, oʻrninglarga) sizlarga oʻxshaganlarni almashtirib qoʻyishga hamda sizlarni oʻzlaringiz bilmaydigan holat-suratda qayta paydo qilishga ham (ojiz emasdirmiz).(Сизларни вафот топдириб, ўрнингларга) сизларга ўхшаганларни алмаштириб қўйишга ҳамда сизларни ўзларингиз билмайдиган ҳолат-суратда қайта пайдо қилишга ҳам (ожиз эмасдирмиз).
Oʻlim oʻzi nima? Qayerdan keladi? Kim uni boshqaradi? Shu kabi savollarga faqat «Alloh» deb javob berishdan oʻzga chora yoʻq. Alloh agar xohlasa, hozirgi insoniyatning hammasini birdaniga yoʻqotib, oʻrniga toat-ibodatliroq boshqalarini yaratib olish qudratiga ega.
Alloh taolo hozirgi insonlarni oʻzlarining xayollariga ham kelmagan shaklda, boshqacha holda yaratishi ham mumkin. Unga buning hech qiyini yoʻq. Chunki, yoʻqdan bor qilgan Alloh taologa borni boshqacha holatga oʻzgartirish hech qanday qiyinchilik tugʻdirmaydi. Yoʻqdan bor qilish qanday boʻlishining bayoni yuqoridagi oyatlarda keldi, buni hamma bildi.