QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Waqi'ah surasi · Oyatсураси · Оят63

أَفَرَءَيْتُم مَّا تَحْرُثُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`zingiz ekayotgan narsani o`ylab ko`ring-a!Ўзингиз экаётган нарсани ўйлаб кўринг-а!Alauddin Mansour: Sizlar ekayotgan ziroatlaringiz haqida hech oʻylab koʻrdinglarmi?Сизлар экаётган зироатларингиз ҳақида ҳеч ўйлаб кўрдингларми?

536-sahifa · 27-juz · 54-hizb536-саҳифа · 27-жуз · 54-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَفَرَءَيْتُمoʻylab koʻrdingizmiўйлаб кўрдингизмиمَّاnarsaniнарсаниتَحْرُثُونَoʻzingiz ekayotganўзингиз экаётган
TafsirТафсир

Inson va hayvon foydalanadigan oʻsimlikni olib koʻraylik. Uning unib oʻsishida, meva-mahsulot berishida insonning qanday oʻrni bor? U, Alloh yaratgan yerga Alloh yaratgan urugʻni, Alloh yaratgan tan aʼzolarini ishlatib, sepadi, xolos. Qolganiga hech narsa qoʻlidan kelmasdan qarab turaveradi. Urugʻning unib chiqishi uchun yer, suv, urugʻlik va kimyoviy moddalarning oʻzigina kifoya qilmaydi. Urugʻning ichida Alloh taoloning qudrat qoʻli harakatga solib turgan ichki imkoniyat bor. Ana oʻsha imkoniyat ishga tushib ajoyibotlar sodir boʻladi. Koʻpgina oʻzgarish, oʻsishlardan soʻnggina urugʻi olingan nabototga oʻxshash oʻsimlik oʻsib chiqadi. Unga kim shakl beradi? Kim rang beradi? Oʻz-oʻzidan boʻladimi yo? Inson bu ishni amalga oshirish u yoqda tursin, oʻsha oʻsimlikka oʻxshatib rasm chiza olmay ovora boʻladi. Hammasini ham bir yoqqa qoʻyib turib, «Birinchi oʻsimlik qayoqdan paydo boʻldi?» deb savol beraylikchi. Javob bitta: Rohman sifatli Allohdan boshqa hech kim paydo qilgan emas. Ushbu haqiqatni eslatib turish uchunmi, baʼzida hamma shartsharoit boʻlib tursa ham, ekin oʻsmay qolaveradi yoki oʻylagan hosilni olib boʻlmaydi. Chunki, bu ishda inson bir vositachi, xolos. Haqiqiy ish bajaruvchi Alloh taoloning Oʻzi. U har bir narsaga qodir!