بَلْ نَحْنُ مَحْرُومُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Balki, mahrum bo`lganlarmiz, (deysizlar).Балки, маҳрум бўлганлармиз, (дейсизлар).Alauddin Mansour: Yoʻq, bizlar (barcha rizqu roʻzdan) mahrum boʻlguvchilarmiz», (deb nadomat qilib qolgan boʻlur edingazlar).Йўқ, бизлар (барча ризқу рўздан) маҳрум бўлгувчилармиз», (деб надомат қилиб қолган бўлур эдингазлар).
Ziroatni Alloh taolo oʻstirishi avval taʼkidlanib, bu borada ham insonning ojizligi uning esiga solingan edi. Ushbu uch oyatda insonning mazkur ojizligi boshqa tomondan taʼkidlanmoqda.
«Agar xohlasak, Biz uni quruq choʻpga aylantirib qoʻyamiz.»
Ha, Alloh taolo Oʻzi xohlagan lahzada yam-yashil boʻlib turgan dov-daraxt, oʻt-oʻlan va ekin-tikinlarni quruq choʻpga aylantirib qoʻyishi juda ham oson. Bu qudratini bandalariga eslatib turish uchun har zamonda, namuna sifatida misollar koʻrsatib ham turadi. Agar Alloh xohlab nabototlarni quruq choʻpga aylantirib qoʻysa, bandalar nima qila oladi? Hech narsa. Ularning qila oladigan ishi:
«nadomatda ajablanib:
«Albatta, biz ziyon koʻrganlarmiz.
Balki mahrum boʻlganlarmiz», deyish boʻladi, xolos.
Bas, shundoq ekan, bandalar oʻzlari ekayotgan narsalarni undiruvchi zot–Alloh taologa iymon keltirib, U zotga ibodat qilsalar boʻlmaydimi?
Qurʼoni Karim Allohning qudratiga dalolat qiluvchi hujjatlarni keltirishda davom etib, inson har doim muhtoj boʻlib turadigan neʼmatlardan biri boʻlmish suv haqida soʻz ochadi: