أَفَرَءَيْتُمُ ٱلْمَآءَ ٱلَّذِى تَشْرَبُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`zingiz ichadigan suvni o`ylab ko`ring-a!Ўзингиз ичадиган сувни ўйлаб кўринг-а!Alauddin Mansour: Sizlar oʻzlaringiz ichadigan suv haqida hech oʻylab koʻrdinglarmi?Сизлар ўзларингиз ичадиган сув ҳақида ҳеч ўйлаб кўрдингларми?
Suv hayot manbai deyiladi. Suvsiz hayotni tasavvur qilib boʻlmaydi. Xoʻsh, ushbu suvning vujudga kelishida insonning qanday xizmati bor? U, suvni ichishdan va bulgʻashdan boshqa yumushga aralasha olmaydi. Suvning yaralishi va turli holatlarda boʻlishi faqat Rohman sifatli Alloh taoloning qudrati bilan boʻladi.
Oxirgi paytda inson bulutlardan yomgʻir yogʻdirishga urinib koʻrdi. Lekin bu tajriba, xolos. Bu urinishning oqibatida katta noqulayliklar ham kelib chiqmoqda. Qolaversa, bu ish bor narsaga taʼsir oʻtkazishdan iborat, xolos. Xuddi yer ostidan buloq yoki quduq qazib suv chiqazgandek.
Inson kundalik hayotida davomli ravishda suvga hojati tushib turadi. Uni tinmay isteʼmol qiladi. Lekin suvning asli qayerdan kelganini koʻp ham oʻylab koʻrmaydi. Agar insof bilan, sinchiklab oʻrganganda edi, Allohning qudratiga qoyil qolib, ibodatiga shoshilardi. Chunki, Alloh xohlasa, bir zumda suvning chuchuklik xususiyatini yoʻqotib, doim shoʻr qilib qoʻyishi ham mumkin. Ha: