لَوْ نَشَآءُ جَعَلْنَـٰهُ أُجَاجًا فَلَوْلَا تَشْكُرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar xohlasak, Biz uni sho`r qilib qo`yamiz. Shukr qilsangiz-chi!Агар хоҳласак, Биз уни шўр қилиб қўямиз. Шукр қилсангиз-чи!Alauddin Mansour: Agar Biz xohlasak, uni shoʻr qilib qoʻygan boʻlur edik. Bas, shukr qilmaysizlarmi?!Агар Биз хоҳласак, уни шўр қилиб қўйган бўлур эдик. Бас, шукр қилмайсизларми?!
Alloh taoloning neʼmatlarini oʻzining ziddiga solishtirib koʻrilsa, qadri bilinadi. Fofil bandalar tayyor suvni xohlaganicha ishlatib yurib oʻrganib qolganlar. Ularga bu narsa oʻzi shundoq boʻlishi kerakdek koʻrinadi. Shuning uchun ham, hayot manbai boʻlgan suvni ularga bergan Zotni unutib qoʻyadilar. Lekin ular bir tasavvur qilsinlar-a!
«Agar xohlasak, Biz uni shoʻr qilib qoʻyamiz.»
U holda bandalar nima qila oladilar? Dunyodagi barcha suvlar shoʻr boʻlib qoldi. Butun dunyoning holi nima boʻladi. Shoʻr suvni qayta ishlab chuchuk qilib olaveradilarmi? Buni qilish uchun qancha kuch-quvvat, mablagʻ, vaqt va ilm kerak? Qolaversa, qayta ishlangan suv Alloh bergan suvchalik boʻlarmidi?! Umuman, suvni qayta ishlashni Alloh bildirmasa, banda qayerdan ham bila olar edi! Ey, ojiz bandalar!
«Shukr qilsangiz-chi!»
Kelasi oyatlarda Allohning insonga bergan yana bir neʼmati– olov haqida soʻz ketadi: