أَفَرَءَيْتُمُ ٱلنَّارَ ٱلَّتِى تُورُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`zingiz yoqadigan olovni o`ylab ko`ring-a!Ўзингиз ёқадиган оловни ўйлаб кўринг-а!Alauddin Mansour: Sizlar yoqadigan oʻt-olov haqida hech oʻylab koʻrdinglarmi?Сизлар ёқадиган ўт-олов ҳақида ҳеч ўйлаб кўрдингларми?
Olovsiz ham inson hayotini tasavvur qilib boʻlmaydi. Har doim unga insonning hojati tushib turadi. Lekin olovning yonishi va undan foydalanish odatdagi holga aylanib, uni kim yaratgan, yonish xususiyatini unga kim bergan, deb oʻylab koʻrish doim ham esiga kelavermaydi. Olovning yoqilgʻisi daraxt. Uning qanday vujudga kelishini avval oʻrgandik. Nima uchun, daraxtni daraxtga ishqalsa, oʻt chiqadi? Olov moʻʼjizasini hali hech kim oʻrgana olgani yoʻq.
Agar Alloh taolo bandalarga olov neʼmatini bermaganida, uni keltirib chiqaruvchi sabablarni joriy qilmaganida bandalarning holi nima boʻlar edi? Hech boʻlmasa, shuni oʻylab koʻrmaydilarmi? Oʻzlari yoqadigan olovning daraxtini yaratgan Zotga iymon keltirib, ibodat qilmaydilarmi?! Ha, oʻylab koʻrsinlar.