ءَأَنتُمْ أَنشَأْتُمْ شَجَرَتَهَآ أَمْ نَحْنُ ٱلْمُنشِـُٔونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Uning daraxtini siz yaratgansizmi yoki Biz yaratuvchimizmi?Унинг дарахтини сиз яратгансизми ёки Биз яратувчимизми?Alauddin Mansour: Uning daraxtini sizlar paydo qildinglarmi yoki Biz paydo qilguvchimizmi?!Унинг дарахтини сизлар пайдо қилдингларми ёки Биз пайдо қилгувчимизми?!
Olovsiz ham inson hayotini tasavvur qilib boʻlmaydi. Har doim unga insonning hojati tushib turadi. Lekin olovning yonishi va undan foydalanish odatdagi holga aylanib, uni kim yaratgan, yonish xususiyatini unga kim bergan, deb oʻylab koʻrish doim ham esiga kelavermaydi. Olovning yoqilgʻisi daraxt. Uning qanday vujudga kelishini avval oʻrgandik. Nima uchun, daraxtni daraxtga ishqalsa, oʻt chiqadi? Olov moʻʼjizasini hali hech kim oʻrgana olgani yoʻq.
Agar Alloh taolo bandalarga olov neʼmatini bermaganida, uni keltirib chiqaruvchi sabablarni joriy qilmaganida bandalarning holi nima boʻlar edi? Hech boʻlmasa, shuni oʻylab koʻrmaydilarmi? Oʻzlari yoqadigan olovning daraxtini yaratgan Zotga iymon keltirib, ibodat qilmaydilarmi?! Ha, oʻylab koʻrsinlar.