QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Waqi'ah surasi · Oyatсураси · Оят73

نَحْنُ جَعَلْنَـٰهَا تَذْكِرَةً وَمَتَـٰعًا لِّلْمُقْوِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz u(olov)ni eslatma va yo`lovchilar uchun manfaat qilib qo`ydik.Биз у(олов)ни эслатма ва йўловчилар учун манфаат қилиб қўйдик.Alauddin Mansour: Biz uni (jahannam oʻtidan) bir eslatma va (sahrolarda yuradigan) musofir-yoʻlovchilar uchun foydalanadigan narsa qilib qoʻydik.Биз уни (жаҳаннам ўтидан) бир эслатма ва (саҳроларда юрадиган) мусофир-йўловчилар учун фойдаланадиган нарса қилиб қўйдик.

536-sahifa · 27-juz · 54-hizb536-саҳифа · 27-жуз · 54-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
نَحْنُBizБизجَعَلْنَـٰهَاuni qildikуни қилдикتَذْكِرَةًۭeslatmaэслатмаوَمَتَـٰعًۭاva manfaatва манфаатلِّلْمُقْوِينَyoʻlovchilar uchunйўловчилар учун
TafsirТафсир

Odamlar bu dunyoda yoqadigan olovning eslatma boʻlishi–jahannam olovini eslatib turishdadir. Yoʻlovchilar uchun foydali boʻlishi esa, qadimda kishilar safarga chiqqanlarida olov yoqib isinishar, oziq- ovqat pishirishar va boshqa yumushlarda foydalar olishar edi.

Demak, har bir banda olovni koʻrishi bilan jahannnamni eslab, undan saqlanish choralarini koʻrishi lozimligini yana bir bor oʻylashi lozim ekan. Har bir banda olovni koʻrishi bilan Alloh unga bergan foydalarni eslashi kerak ekan.