QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Waqi'ah surasi · Oyatсураси · Оят8

فَأَصْحَـٰبُ ٱلْمَيْمَنَةِ مَآ أَصْحَـٰبُ ٱلْمَيْمَنَةِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`ng taraf egalari. O`ng taraf egalari ne(saodatlilar)dir?!Ўнг тараф эгалари. Ўнг тараф эгалари не(саодатлилар)дир?!Alauddin Mansour: Bas, (u uch toifadan birinchisi) oʻng tomon egalaridir. Oʻng tomon egalari (boʻlmoq) ne (saodat)dir!Бас, (у уч тоифадан биринчиси) ўнг томон эгаларидир. Ўнг томон эгалари (бўлмоқ) не (саодат)дир!

534-sahifa · 27-juz · 54-hizb534-саҳифа · 27-жуз · 54-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَأَصْحَـٰبُbas, egalariбас, эгалариٱلْمَيْمَنَةِoʻng tarafўнг тарафمَآneнеأَصْحَـٰبُegalariэгалариٱلْمَيْمَنَةِoʻng tarafўнг тараф
TafsirТафсир

Qiyomat kuni mazkur uch tarafdan ikki toifasi jannatiy, bir toifasi doʻzaxiy boʻlishini aytdik. Ushbu oyatda jannat ahli boʻlgan «oʻng taraf egalari» haqida soʻz ketayapti. Ularning bu sifat bilan sifatlanishlari sababi shuki, qiyomatda «nomai aʼmol»–amallar kitobi oʻz egalariga tarqatilganda, jannatiylarning kitoblari ular jannatiy ekanliklarining dalili sifatida oʻng taraflaridan beriladi. Shuningdek, ular, avval ham aytib oʻtilganidek, oʻsha kunda Arshning oʻng tomonida turadilar. Oyatda oʻsha, oʻng taraf egasi boʻlish naqadar baxt ekanligi taʼkidlanmoqda. Ikkinchi toifa esa: