QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Waqi'ah surasi · Oyatсураси · Оят7

وَكُنتُمْ أَزْوَٰجًا ثَلَـٰثَةً

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va siz uch toifa bo`lganingizda.Ва сиз уч тоифа бўлганингизда.Alauddin Mansour: Va sizlar uch sinf-toifa boʻlib qoldingizlar.Ва сизлар уч синф-тоифа бўлиб қолдингизлар.

534-sahifa · 27-juz · 54-hizb534-саҳифа · 27-жуз · 54-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَكُنتُمْva boʻlsangizва бўлсангизأَزْوَٰجًۭاtoifalarтоифаларثَلَـٰثَةًۭuchуч
TafsirТафсир

Ushbu oyatda kelishicha, qiyomat kuni odamlar uch toifaga boʻlinadilar. Bir toifa Arshning oʻng tarafida turadilar. Ular Otamiz Odam alayhissalomning oʻng tomonlaridan chiqqan zurriyotlari boʻlib, nomai aʼmollari oʻng tarafidan beriladiganlardir. Jannat ahli oʻshalardir.

Yana bir guruh Arshning chap tarafida turadilar. Ular Otamiz Odam alayhissalomning chap taraflaridan chiqqanlar boʻlib, nomai aʼmollari chap taraflaridan beriladiganlardir. Doʻzax ahlining koʻpi oʻshalardir.

Eng aʼlo toifa–peshqadamlar toifasi esa, Alloh taoloning roʻparasida boʻladilar. Ular eng xos, nasibasi ulugʻ kishilar boʻlib, Paygʻambarlar, siddiqlar, shahidlar va ularga qoʻshilganlardan iboratdir.

Uch toifaning taʼrifi keyingi oyatlarda keladi. Birinchi toifa: