تَرْجِعُونَهَآ إِن كُنتُمْ صَـٰدِقِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U(jon)ni o`rniga qaytaring-chi, agar gaplaringiz rost bo`lsa.У(жон)ни ўрнига қайтаринг-чи, агар гапларингиз рост бўлса.Alauddin Mansour: (Va oʻzlaringizning: «Hech qanday Ega — Parvardigor ham, qayta tirilish ham yuq», degan soʻzlaringizda) rostgoʻy bulsangizlar oʻsha (jonni yana jasadga) qaytara olsangizlar edi! (Yuq, hech qachon qaytara olmassizlar).(Ва ўзларингизнинг: «Ҳеч қандай Эга — Парвардигор ҳам, қайта тирилиш ҳам йуқ», деган сўзларингизда) ростгўй булсангизлар ўша (жонни яна жасадга) қайтара олсангизлар эди! (Йуқ, ҳеч қачон қайтара олмассизлар).
Bu oyatlardagi xitob oʻlgandan soʻng qayta tirilishga ishonmaydiganlarga qaratilgan. Yaʼni, ularga: «Agar sizlar eʼtiqod qilganingizdek, hisob-kitob boʻlmasa, sizlarni hech kim soʻroq qilmasa, sizlar xohlagan ishlaringizni qilib yuraveradigan boʻlsalaringiz, jon halqumga kelib qolganda uni joyiga qaytarib qoʻyinglarchi!» deyilmoqda.
Kim qaytara olardi? Kim oʻlgan odamga jon beradi? Kim oʻlayotganning jonini halqumidan qaytarib, oʻrniga tushira oladi. Hech kim! Shunday ekan, Alloh taolo hamma narsaning egasi ekanini tan olib, Unga iymon keltirib, ibodat qilsinlar.
Suraning oxirida insonning vafotidan keyingi oqibati haqida soʻz ketadi.