فَلَوْلَآ إِن كُنتُمْ غَيْرَ مَدِينِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar siz hisob bermaydigan bo`lsangiz.Агар сиз ҳисоб бермайдиган бўлсангиз.Alauddin Mansour: Bas, agar sizlar egasiz boʻlsangizlar;Бас, агар сизлар эгасиз бўлсангизлар;
Bu oyatlardagi xitob oʻlgandan soʻng qayta tirilishga ishonmaydiganlarga qaratilgan. Yaʼni, ularga: «Agar sizlar eʼtiqod qilganingizdek, hisob-kitob boʻlmasa, sizlarni hech kim soʻroq qilmasa, sizlar xohlagan ishlaringizni qilib yuraveradigan boʻlsalaringiz, jon halqumga kelib qolganda uni joyiga qaytarib qoʻyinglarchi!» deyilmoqda.
Kim qaytara olardi? Kim oʻlgan odamga jon beradi? Kim oʻlayotganning jonini halqumidan qaytarib, oʻrniga tushira oladi. Hech kim! Shunday ekan, Alloh taolo hamma narsaning egasi ekanini tan olib, Unga iymon keltirib, ibodat qilsinlar.
Suraning oxirida insonning vafotidan keyingi oqibati haqida soʻz ketadi.