وَمَا لَكُمْ أَلَّا تُنفِقُوا۟ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ وَلِلَّهِ مِيرَٰثُ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ لَا يَسْتَوِى مِنكُم مَّنْ أَنفَقَ مِن قَبْلِ ٱلْفَتْحِ وَقَـٰتَلَ ۚ أُو۟لَـٰٓئِكَ أَعْظَمُ دَرَجَةً مِّنَ ٱلَّذِينَ أَنفَقُوا۟ مِنۢ بَعْدُ وَقَـٰتَلُوا۟ ۚ وَكُلًّا وَعَدَ ٱللَّهُ ٱلْحُسْنَىٰ ۚ وَٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizlarga nima bo`ldiki, Allohning yo`lida ehson qilmaysizlar? Holbuki, osmonlaru yerning merosi Allohnikidir. Sizlardan hech kim fathdan ilgari ehson qilganlarga va urushda qatnashganlarga barobar bo`la olmas. Ularning darajalari fathdan so`ng ehson qilganlardan va urushda qatnashganlardan ko`ra ulug`dir. Alloh barchaga yaxshilikni va'da qilgan. Va Alloh nima qilayotganlaringizdan xabardordir.Сизларга нима бўлдики, Аллоҳнинг йўлида эҳсон қилмайсизлар? Ҳолбуки, осмонлару ернинг мероси Аллоҳникидир. Сизлардан ҳеч ким фатҳдан илгари эҳсон қилганларга ва урушда қатнашганларга баробар бўла олмас. Уларнинг даражалари фатҳдан сўнг эҳсон қилганлардан ва урушда қатнашганлардан кўра улуғдир. Аллоҳ барчага яхшиликни ваъда қилган. Ва Аллоҳ нима қилаётганларингиздан хабардордир.Alauddin Mansour: Nega sizlar Alloh yoʻlida infoq-ehson qilmayapsizlar?! Holbuki, osmonlar va Yerning vorisligi yolgʻiz Allohniki-ku (yaʼni, oz kunda sizlar bu olamdan oʻtib ketib, qoʻllaringizdagi barcha mol-dunyolaringiz Allohga meros boʻlib qoladi-ku)! Sizlardan (Makka) fath boʻlishidan ilgari infoq-ehson qilgan va (Rasululloh bilan birga kofirlarga qarshi) urushgan kishilar (Makka fathidan keyin infoq-ehson qilgan va urushgan kishilar bilan) barobar boʻlmas. Ular keyin infoq-ehson qilgan va urushgan kishilardan ulugʻroq martabadadirlar. Barchalariga Alloh goʻzal (oqibat-jannat) vaʼda qilgandir. Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir.Нега сизлар Аллоҳ йўлида инфоқ-эҳсон қилмаяпсизлар?! Ҳолбуки, осмонлар ва Ернинг ворислиги ёлғиз Аллоҳники-ку (яъни, оз кунда сизлар бу оламдан ўтиб кетиб, қўлларингиздаги барча мол-дунёларингиз Аллоҳга мерос бўлиб қолади-ку)! Сизлардан (Макка) фатҳ бўлишидан илгари инфоқ-эҳсон қилган ва (Расулуллоҳ билан бирга кофирларга қарши) урушган кишилар (Макка фатҳидан кейин инфоқ-эҳсон қилган ва урушган кишилар билан) баробар бўлмас. Улар кейин инфоқ-эҳсон қилган ва урушган кишилардан улуғроқ мартабададирлар. Барчаларига Аллоҳ гўзал (оқибат-жаннат) ваъда қилгандир. Аллоҳ қилаётган амалларингиздан хабардордир.
Avval taʼkidlangandek, insonning ixtiyoridagi molu dunyo omonat, inson xalifa–vakil, xolos. Shunday ekan, nima uchun qoʻliga berilgan vaqtinchalik moldan Alloh yoʻlida sarflamaydi? Vaholanki, nafaqat odam bolasining qoʻlidagi molu dunyo, balki osmonlaru yerdagi barcha narsalar Allohniki-ku! Hamma mollar oqibatda Allohning Oʻziga qoladi. Shunday ekan, nima uchun inson oʻlimidan oldin oʻsha molni ehson qilib oʻziga savobu ajr kasb qilib olmaydi?!
«Sizlarga nima boʻldiki, Allohning yoʻlida ehson qilmaysizlar? Holbuki, osmonlaru yerning merosi Allohnikidir.»
Shu bilan birga, mol sarf qilishning ham oʻz yoʻli, joyi, vaqti bor. Oʻrnini topib, oz sarf qilib, koʻp savob olish mumkin. Yoki, aksincha.
«Sizlardan hech kim fathdan ilgari ehson qilganlarga va urushda qatnashganlarga barobar boʻla olmas. Ularning darajalari fathdan soʻng ehson qilganlardan va urushda qatnashganlardan koʻra ulugʻdir.»
Oyatdagi «fath» soʻzi Paygʻambar alayhissalom boshliq musulmonlar Madiynai Munavvaradan kelib Makkai Mukarramani mushriklardan ozod qilishlari maʼnosida aytilgan.
Qurʼoni Karimning birinchi oyatlari tushganidan boshlab fath kunigacha boʻlgan yigirma yildan ortiq davrda moʻmin-musulmonlar boshidan nihoyatda mashaqqatli davrlar oʻtdi. Oʻsha vaqtda Islomga qarshi turli dushmanliklar, fitnalar tinimsiz boʻlib turdi. Oqibati nima boʻlishini hech kim bilmasdi. Shunga qaramay, eʼtiqodli musulmonlar haq yoʻlda jonlarini va mollarini fido qildilar. Oʻsha paytda qilingan ehson, infoqda hech qanday tamaʼgirlik, riyo yoki shaxsiy gʻaraz yoʻq edi. Chunki, bu ehsonlar Allohning roziligi uchun xolis qilinardi.
Albatta, fathdan soʻng hamma musulmon boʻlib, Islomga keng yoʻl ochilib, imkoniyatlar koʻpaygandan keyin ehson, sadaqa qiladiganlar ham koʻpayib ketdi. Oʻz-oʻzidan, bularga ham avval mol-pul sarflaganlarning darajasi berilarmikan, degan savol paydo boʻldi. Javobga esa, yuqoridagi oyat tushdi. Fathdan keyin Allohning yoʻlida molu mulk sarflaganlarga ham savob boʻladi, albatta, lekin avvalgilarning darajasida emas.
«Alloh barchaga yaxshilikni vaʼda qilgan. Va Alloh nima qilayotganlaringizdan xabardordir.»
Alloh hammalariga jannatni vaʼda qilgan. Alloh hamma narsani, jumladan, kim qancha ehson-nafaqa qilayotganini ham biladi. Bas, shunday ekan: