هُوَ ٱلَّذِى يُنَزِّلُ عَلَىٰ عَبْدِهِۦٓ ءَايَـٰتٍۭ بَيِّنَـٰتٍ لِّيُخْرِجَكُم مِّنَ ٱلظُّلُمَـٰتِ إِلَى ٱلنُّورِ ۚ وَإِنَّ ٱللَّهَ بِكُمْ لَرَءُوفٌ رَّحِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U zot sizlarni zulmatlardan nurga chiqarish uchun O`z bandasiga ravshan oyatlarni tushiradi. Va, albatta, Alloh sizlarga shafqatli va rahimlidir.У зот сизларни зулматлардан нурга чиқариш учун Ўз бандасига равшан оятларни туширади. Ва, албатта, Аллоҳ сизларга шафқатли ва раҳимлидир.Alauddin Mansour: U Oʻz bandasi (Muhammad alayhis-salotu vas-salom)ga toki u sizlarni (kufr) zulmatlaridan (iymon) nuriga olib chiqish uchun aniq-ravshan oyatlarni (yaʼni, Qurʼoni Karimni) nozil qiladigan Zotdir. Albatta Alloh sizlarga mehribon va rahmlidir.У Ўз бандаси (Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом)га токи у сизларни (куфр) зулматларидан (иймон) нурига олиб чиқиш учун аниқ-равшан оятларни (яъни, Қуръони Каримни) нозил қиладиган Зотдир. Албатта Аллоҳ сизларга меҳрибон ва раҳмлидир.
Yaʼni, Alloh taolo insonlarni johiliyat zulmatlaridan Islom nuriga chiqarish uchun Oʻz bandasi Muhammad alayhissalomga Qurʼoni Karimning ochiq-oydin oyatlarini tushiradi.
Bu esa, Alloh taoloning Oʻz bandalariga boʻlgan shafqati va rahimliligi alomatlaridandir.
Iymon keltirmaganlarga qilingan xitob tugagach, sadaqa qilmaydigan baxillarga qarata nido boshlanadi: