QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hadid surasi · Oyatсураси · Оят8

وَمَا لَكُمْ لَا تُؤْمِنُونَ بِٱللَّهِ ۙ وَٱلرَّسُولُ يَدْعُوكُمْ لِتُؤْمِنُوا۟ بِرَبِّكُمْ وَقَدْ أَخَذَ مِيثَـٰقَكُمْ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizlarga nima bo`ldiki, Allohga iymon keltirmaysizlar? Holbuki, Payg`ambar sizlarni Robbilaringizga iymon keltirishga chaqirib turibdi. U zot sizlardan ahd olgan edi. Agar iymon keltiruvchi bo`lsalaringiz.Сизларга нима бўлдики, Аллоҳга иймон келтирмайсизлар? Ҳолбуки, Пайғамбар сизларни Роббиларингизга иймон келтиришга чақириб турибди. У зот сизлардан аҳд олган эди. Агар иймон келтирувчи бўлсаларингиз.Alauddin Mansour: Agar sizlar iymon keltirguvchi boʻlsangizlar — paygʻambar (oralaringizda) sizlarni Parvardigoringizga iymon keltirishga daʼvat qilib turgani holda (Alloh esa sizlarning ruhlaringizni yaratgan paytidayoq, iymon keltirish haqidagi) ahdu-paymoningizni olgani holda nega sizlar (Allohga) iymon keltirmayapsizlar?Агар сизлар иймон келтиргувчи бўлсангизлар — пайғамбар (ораларингизда) сизларни Парвардигорингизга иймон келтиришга даъват қилиб тургани ҳолда (Аллоҳ эса сизларнинг руҳларингизни яратган пайтидаёқ, иймон келтириш ҳақидаги) аҳду-паймонингизни олгани ҳолда нега сизлар (Аллоҳга) иймон келтирмаяпсизлар?

538-sahifa · 27-juz · 54-hizb538-саҳифа · 27-жуз · 54-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَاva nimaва нимаلَكُمْsizlarga boʻldikiсизларга бўлдикиلَاemasэмасتُؤْمِنُونَiymon keltirasizlarиймон келтирасизларبِٱللَّهِ ۙAllohgaАллоҳгаوَٱلرَّسُولُholbuki, Paygʻambarҳолбуки, Пайғамбарيَدْعُوكُمْsizlarni chaqirib turibdirсизларни чақириб турибдирلِتُؤْمِنُوا۟iymon keltirishingiz uchunиймон келтиришингиз учунبِرَبِّكُمْRobbingizgaРоббингизгаوَقَدْva batahqiqва батаҳқиқأَخَذَolgan ediолган эдиمِيثَـٰقَكُمْsizlardan ahdingizniсизлардан аҳдингизниإِنagarагарكُنتُمboʻlsalaringizбўлсаларингизمُّؤْمِنِينَiymon keltiruvchiиймон келтирувчи
TafsirТафсир

Yaʼni, agar sizlar, oʻzi, biror narsaga ishonuvchi boʻlsalaringiz, nima uchun Allohga iymon keltirmayapsizlar? Holbuki, orangizda Paygʻambar yurib, sizni Robbingizga iymon keltirishga chaqirib turibdi.

«Sizlarga nima boʻldiki, Allohga iymon keltirmaysizlar? Holbuki, Paygʻambar sizlarni Robbilaringizga iymon keltirishga chaqirib turibdi.»

Darhaqiqat, Paygʻambar alayhissalomning tiriklik paytlari ajoyib boʻlgan. U kishi orqali Alloh taolo Oʻzi yaratgan bandalarining turmushlariga, ishlariga aralashib turgan. Bu qilmishingiz yaxshi, savob olasiz; bunisi notoʻgʻri, gunoh boʻladi; endi bunaqa ishlarni takrorlamang; yaxshi, yaxshi, xuddi shunday boʻlishi kerak; bu ish johiliyatga tegishli edi, endi siz musulmon boʻldingiz, sizga toʻgʻri kelmaydi, degandek koʻrsatmalar berib turardi.

Demak, Paygʻambarimiz alayhissalomning hayotlari, kishilarning orasida yurishlari ulugʻ neʼmat boʻlgan. Chunki, u kishi orqali Alloh taolo musulmonlar hayotiga aralashib, xatolarini tuzatib turgan.

Keyingi musulmonlar esa, u kishi keltirgan Qurʼon va u kishi qoldirgan sunnatning aralashuvi ila yashaydilar. Shuning uchun ham, keyingi avlodning alohida oʻrni bor.

Imom Buxoriy oʻzlarining «Sahih» kitoblarida rivoyat qilgan hadisda bu narsa oʻz ifodasini topgan:

«Bir kuni Paygʻambar alayhissalom sahobalarga:

«Sizlar uchun qaysi moʻminlarning iymoni ajablanarlidir?»– dedilar.

«Farishtalarning», deb javob berdilar sahobalar.

«Ular Allohning huzurida turib iymon keltirmaganlarida, nima boʻlardi?»–dedilar Paygʻambar alayhissalom.

«(Unda) Paygʻambarlarning!»–deyishdi sahobai kiromlar.

«Ularga vahiy tushib tursa-yu, iymon keltirmasalar, nima boʻlardi?»–dedilar Paygʻambar alayhissalom.

«(Unda) Bizning oʻzimizning», deyishdi.

«Sizlarning ichingizda men tursam-u, iymon keltirmasalaringiz, nima boʻlardi? Moʻminlarning eng ajablanarli iymonga ega boʻlganlari, sizlardan keyin kelib, oʻzlari topgan sahifalarga va narsalarga (yaʼni, Qurʼonga va sunnatga) iymon keltiradiganlardir, dedilar Paygʻambar alayhissalom».

«U zot sizlardan ahd olgan edi.»

Yaʼni: Paygʻambar alayhissalom iymon keltirishga chaqirayotgan Robbning Oʻzi ham qadimda sizlardan Oʻziga iymon keltirishga miysoq olgan edi.

Kelasi oyatda avvalgi oyatning maʼnosi davom ettiriladi: