QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hadid surasi · Oyatсураси · Оят7

ءَامِنُوا۟ بِٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ وَأَنفِقُوا۟ مِمَّا جَعَلَكُم مُّسْتَخْلَفِينَ فِيهِ ۖ فَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ مِنكُمْ وَأَنفَقُوا۟ لَهُمْ أَجْرٌ كَبِيرٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohga va Uning Rasuliga iymon keltiringlar hamda sizlarni xalifa qilib qo`ygan narsalardan ehson qilinglar. Bas, sizlardan iymon keltirgan va ehson qilganlarga ulkan ajr bordir.Аллоҳга ва Унинг Расулига иймон келтиринглар ҳамда сизларни халифа қилиб қўйган нарсалардан эҳсон қилинглар. Бас, сизлардан иймон келтирган ва эҳсон қилганларга улкан ажр бордир.Alauddin Mansour: (Ey insonlar), Allohga va Uning paygʻambari (Muhammad alayhis-salotu vas-salom)ga iymon keltiringlar hamda U zot sizlarni xalifa qilib qoʻygan narsalardan (yaʼni, vaqtincha qoʻllaringizda turgan erta bir kun sizlar istasangiz-istamasangiz oʻzgalarning qoʻllariga oʻtib ketadigan Alloh bergan mol-davlatdan) infoq-ehson qilinglar! Bas, sizlardan iymon keltirgan va infoq-ehson qilgan zotlar uchun katta ajr-mukofot bordir.(Эй инсонлар), Аллоҳга ва Унинг пайғамбари (Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом)га иймон келтиринглар ҳамда У зот сизларни халифа қилиб қўйган нарсалардан (яъни, вақтинча қўлларингизда турган эрта бир кун сизлар истасангиз-истамасангиз ўзгаларнинг қўлларига ўтиб кетадиган Аллоҳ берган мол-давлатдан) инфоқ-эҳсон қилинглар! Бас, сизлардан иймон келтирган ва инфоқ-эҳсон қилган зотлар учун катта ажр-мукофот бордир.

538-sahifa · 27-juz · 54-hizb538-саҳифа · 27-жуз · 54-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ءَامِنُوا۟iymon keltiringlarиймон келтирингларبِٱللَّهِAllohgaАллоҳгаوَرَسُولِهِۦva Uning Rasuligaва Унинг Расулигаوَأَنفِقُوا۟va ehson qilinglarва эҳсон қилингларمِمَّاnarsalardanнарсаларданجَعَلَكُمsizlarni qilib qoʻyganсизларни қилиб қўйганمُّسْتَخْلَفِينَxalifalarхалифаларفِيهِ ۖundaундаفَٱلَّذِينَbas, kimlarбас, кимларءَامَنُوا۟iymon keltirganиймон келтирганمِنكُمْsizlardanсизларданوَأَنفَقُوا۟va ehson qilganва эҳсон қилганلَهُمْulargaуларгаأَجْرٌۭajr bordirажр бордирكَبِيرٌۭulkanулкан
TafsirТафсир

Ushbu oyatda barcha insonlarga qarata:

«Allohga va Uning Rasuliga iymon keltiringlar», deb xitob qilinmoqda. Iymonsizlar ham oʻtgan oyatlardagi maʼnolarni mulohaza qilib koʻrsalar, bu gaplar bari behuda emasligini, butun olamning tadbirini qilib turgan zot borligini tushunadilar. Shunday ekan, iymon keltirishlari lozim. Allohga iymon keltirsa, Uning Rasuliga ham oʻz- oʻzidan iymon keltirish lozim boʻladi. Aslida, iymoni bor kimsalar mazkurlarni fikrlab koʻrsa, albatta, iymoni yanada mustahkam boʻladi va dinda sobitqadam boʻladi. Moʻmin kishilarga yana «iymon keltiring» deb xitob qilinishi bejiz emas, inson doimo eslatmaga muhtoj.

Iymonga qilingan daʼvatdan soʻng xayr-ehson qilishga daʼvat boʻlmoqda.

«hamda sizlarni xalifa qilib qoʻygan narsalardan ehson qilinglar.»

«Sizlarni xalifa qilib qoʻygan narsadan» jumlasidan ayon boʻladiki, insonga berilgan molu dunyo Allohning omonati, haqiqiy ega esa Allohning Oʻzi. Qoʻliga mol-dunyo berilgan odam–vakil, xalifa, xolos. Agar u vafot etsa yoki biror boshqa sabab chiqib qolsa, molu dunyo boshqa vakilga oʻtib ketaveradi. Shuning uchun, qoʻliga Allohning moli topshirilgan shaxs unga xiyonat qilmasligi hamda sadaqa qilib, Allohning huzurida ajru savobini koʻpaytirishi lozim.

Iymonga va ehson qilishga daʼvatdan soʻng, iymondan yuz oʻgirgan kofirlarga xitob qilinadi: