QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hadid surasi · Oyatсураси · Оят6

يُولِجُ ٱلَّيْلَ فِى ٱلنَّهَارِ وَيُولِجُ ٱلنَّهَارَ فِى ٱلَّيْلِ ۚ وَهُوَ عَلِيمٌۢ بِذَاتِ ٱلصُّدُورِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kechasini kunduzga kiritadi, kunduzni kechasiga kiritadi va U ko`ksingizdagi narsani ham yaxshi biluvchidir.Кечасини кундузга киритади, кундузни кечасига киритади ва У кўксингиздаги нарсани ҳам яхши билувчидир.Alauddin Mansour: U kechani kunduzga kiritur va kunduzni kechaga kiritur. U dillardagi sirlarni bilguvchidir.У кечани кундузга киритур ва кундузни кечага киритур. У диллардаги сирларни билгувчидир.

538-sahifa · 27-juz · 54-hizb538-саҳифа · 27-жуз · 54-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يُولِجُkiritadirкиритадирٱلَّيْلَkechaniкечаниفِىichigaичигаٱلنَّهَارِkunduzgaкундузгаوَيُولِجُva kiritadirва киритадирٱلنَّهَارَkunduzniкундузниفِىichigaичигаٱلَّيْلِ ۚkechagaкечагаوَهُوَva Uва Уعَلِيمٌۢyaxshi biluvchidirяхши билувчидирبِذَاتِnarsaniнарсаниٱلصُّدُورِkoʻksingizdagiкўксингиздаги
TafsirТафсир

Kunduz bilan kechaning almashinuvi Alloh taoloning qudratiga yorqin va ulkan dalildir. Qurʼoni Karim bu ulkan moʻʼjizani:

«Kechasini kunduzga kiritadi, kunduzni kechasiga kiritadi», deb ifodalaydi. Ushbu ifodaga oʻxshash ifodani hech kim keltira olmagan. Haqiqatan ham, qarab tursangiz, kunduz tugab borayotganda, xuddi kechasining ichiga kirib borayotganga oʻxshaydi. Ushbu holat tong otishida, yaʼni kunduz boʻlishida ham takrorlanadi. Hamda bu jarayon qadimdan biror soniya xato boʻlmasdan takrorlanib kelyapti. Inson ixtiro qilgan nozik soatlar vaqtni oʻlchashda doim xato qilib turgani uchun, har kuni bir marta rasmiy ravishda soatni toʻgʻrilash joriy qilingan. Lekin kecha bilan kunduzning almashuv vaqti, qanchalik katta hajmdagi borliqqa tegishli boʻlmasin, haligacha biror soniya xato qilgan emas. Bu ish osmonlaru yerning mulkiga ega boʻlgan qudratli Allohning ishi boʻlmasa, kimning ishi boʻlardi?

«U koʻksingizdagi narsani ham yaxshi biluvchidir.»

U zot hamma narsani, hattoki, kishilar oʻz qalblarida yashirib yurgan maxfiy niyatlarini ham biluvchidir.

Alloh taoloning cheksiz qudratiga dalolat qiluvchi narsa va hodisalar hamda U zotning ilmi hamma narsani qamrab olgani bayon qilingandan soʻng, endi insonlarga xitob qilinyapti: