QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hadid surasi · Oyatсураси · Оят12

يَوْمَ تَرَى ٱلْمُؤْمِنِينَ وَٱلْمُؤْمِنَـٰتِ يَسْعَىٰ نُورُهُم بَيْنَ أَيْدِيهِمْ وَبِأَيْمَـٰنِهِم بُشْرَىٰكُمُ ٱلْيَوْمَ جَنَّـٰتٌ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَـٰرُ خَـٰلِدِينَ فِيهَا ۚ ذَٰلِكَ هُوَ ٱلْفَوْزُ ٱلْعَظِيمُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Mo`min va mo`minalarni ularning oldilarida va o`ng taraflarida nurlari harakat qilayotgan holda ko`rgan kuningda, Sizlarga bugungi kunning xushxabari, daraxtlari ostidan suvlari oqib turgan jannatlardir. U joyda abadiy qolajaksiz. Bu esa, aynan ulkan yutuqdir (deyilur).Мўмин ва мўминаларни уларнинг олдиларида ва ўнг тарафларида нурлари ҳаракат қилаётган ҳолда кўрган кунингда, Сизларга бугунги куннинг хушхабари, дарахтлари остидан сувлари оқиб турган жаннатлардир. У жойда абадий қолажаксиз. Бу эса, айнан улкан ютуқдир (дейилур).Alauddin Mansour: Moʻmin va moʻminalarning oldilarida va oʻng tomonlarida nurlari (yaʼni, qilgan yaxshi amallari va nomai aʼmollari yoʻllarini yoritib) ketayotganini koʻradigan Kunni (eslang)! (Oʻsha Kunda ularga deyilur): «Sizlar uchun Bugungi xushxabar — ostidan daryolar oqib turadigan, (sizlar) mangu qoladigan jannatlardir. Bu ulugʻ baxtning oʻzidir!»Мўмин ва мўминаларнинг олдиларида ва ўнг томонларида нурлари (яъни, қилган яхши амаллари ва номаи аъмоллари йўлларини ёритиб) кетаётганини кўрадиган Кунни (эсланг)! (Ўша Кунда уларга дейилур): «Сизлар учун Бугунги хушхабар — остидан дарёлар оқиб турадиган, (сизлар) мангу қоладиган жаннатлардир. Бу улуғ бахтнинг ўзидир!»

539-sahifa · 27-juz · 54-hizb539-саҳифа · 27-жуз · 54-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَوْمَkundaкундаتَرَىkoʻrganкўрганٱلْمُؤْمِنِينَmoʻminlarniмўминларниوَٱلْمُؤْمِنَـٰتِva moʻminalarniва мўминаларниيَسْعَىٰharakat qilayotganҳаракат қилаётганنُورُهُمnurlariнурлариبَيْنَoldidaолдидаأَيْدِيهِمْularningуларнингوَبِأَيْمَـٰنِهِمva oʻng taraflaridaва ўнг тарафларидаبُشْرَىٰكُمُsizlarga xushxabarсизларга хушхабарٱلْيَوْمَbugungi kunбугунги кунجَنَّـٰتٌۭjannatlardirжаннатлардирتَجْرِىoqib turganоқиб турганمِن-dan-данتَحْتِهَاostidanостиданٱلْأَنْهَـٰرُanhorlarанҳорларخَـٰلِدِينَabadiy qoluvchi holdaабадий қолувчи ҳолдаفِيهَا ۚu joydaу жойдаذَٰلِكَbu esaбу эсаهُوَaynanайнанٱلْفَوْزُyutuqdirютуқдирٱلْعَظِيمُulkanулкан
TafsirТафсир

Qiyomat kunida sirot koʻprigiga yaqinlashganda atrof qorongʻu zulmat boʻlib qolar, lekin bu dunyoda qilgan amallariga qarab moʻmin va moʻminalarga nur ato qilinar ekan.

«Moʻmin va moʻminalarni ularning oldilarida va oʻng taraflarida nurlari harakat qilayotgan holda koʻrgan kuningda...»

Ulugʻ sahobiy Abdulloh ibn Masʼud aytganlaridek, kimningdir nuri togʻdek, kimniki xurmodek, yana kimniki tik turgan kishidek, eng oziniki bosh barmogʻidek boʻlib, bir oʻchib-bir yonib turadi. Shu holda sirotdan oʻtishga harakat qiladilar.

Ulugʻ tobeʼinlardan Qatoda roziyallohu anhudan bizga yetib kelishicha, Paygʻambarimiz alayhissalom: «Moʻminlardan baʼzilarining nuri Maninadan Adangacha yoritadi, baʼzilariniki Sanʼogacha yoki undan ozroq yoritadi, xolos», degan ekanlar.

Mashhur muhaddislardan Ibn Abi Hotim Abu Dardo bilan Abu Zarr ismli ikki ulugʻ sahobiylardan rivoyat qilgan hadisda ham qiyomat kuni boʻladigan hodisalar ichida mazkur maʼno oʻz ifodasini topgan. Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam:

«Qiyomat kunida sajda qilishga birinchi izn berilgan shaxs men boʻlaman. Sajdadan boshimni koʻtarib oldimga, ortimga, oʻng va chap taraflarimga qarayman, boshqa ummatlar ichidan oʻz ummatimni taniyman», dedilar.

«Nuhdan boshlab yashab oʻtgan ummatlar ichidan oʻz ummatingizni qanday taniysiz, ey, Allohning Paygʻambari?»–dedi bir kishi.

«Tahorat boisidan paydo boʻlgan, boshqa ummatlardan birortasida uchramaydigan goʻzal oqlikdan taniyman. Nomai aʼmollarining oʻng taraflaridan berilishidan taniyman. Yuzlaridagi ravshanlik va oldilarida yoʻllarini yoritib borayotgan nurlaridan taniyman», dedilar sarvari olam.

Moʻmin va moʻminalar uchun mazkur nurga erishgan paytlarida boshqa xushxabar ham keladir.

«Sizlarga bugungi kunning xushxabari, daraxtlari ostidan suvlari oqib turgan jannatlardir. U joyda abadiy qolajaksiz. Bu esa, aynan ulkan yutuqdir (deyilur).»

Moʻmin va moʻminalar yuqorida tasvir etilgan holda shahdam yurib borayotganlarida, sirtidan musulmon, ichida kofir boʻlgan munofiqlar ularga havas va hasad qiladilar. Ularning holati kelasi oyatda bayon qilinadi: