QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hadid surasi · Oyatсураси · Оят13

يَوْمَ يَقُولُ ٱلْمُنَـٰفِقُونَ وَٱلْمُنَـٰفِقَـٰتُ لِلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ٱنظُرُونَا نَقْتَبِسْ مِن نُّورِكُمْ قِيلَ ٱرْجِعُوا۟ وَرَآءَكُمْ فَٱلْتَمِسُوا۟ نُورًا فَضُرِبَ بَيْنَهُم بِسُورٍ لَّهُۥ بَابٌۢ بَاطِنُهُۥ فِيهِ ٱلرَّحْمَةُ وَظَـٰهِرُهُۥ مِن قِبَلِهِ ٱلْعَذَابُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Munofiq va munofiqalar iymonlilarga: «To`xtab turinglar, biz ham nuringizdan bir oz olaylik», degan va ularga: «Ortingizga qayting hamda nur qidiring», deyilgan kunda. Bas, ularning orasiga eshigi bor qo`rg`on urilur. Uning ichida rahmat, tashqarisida — oldida azobdir.Мунофиқ ва мунофиқалар иймонлиларга: «Тўхтаб туринглар, биз ҳам нурингиздан бир оз олайлик», деган ва уларга: «Ортингизга қайтинг ҳамда нур қидиринг», дейилган кунда. Бас, уларнинг орасига эшиги бор қўрғон урилур. Унинг ичида раҳмат, ташқарисида — олдида азобдир.Alauddin Mansour: U Kunda munofiq va munofiqalar iymon keltirgan zotlarga: «Bizga qarab turinglar, biz ham sizlarning nuringizdan ozgina olib foydalanaylik», desalar, (ularga) «Ortinglarga qaytib nur istayveringlar», deyilur. Soʻng ular (bilan moʻminlar)ning oʻrtasiga darvozali bir devor urilurki, uning ichida rahmat-jannat, tashqarisida-oldida esa azob-doʻzax boʻlur.У Кунда мунофиқ ва мунофиқалар иймон келтирган зотларга: «Бизга қараб туринглар, биз ҳам сизларнинг нурингиздан озгина олиб фойдаланайлик», десалар, (уларга) «Ортингларга қайтиб нур истайверинглар», дейилур. Сўнг улар (билан мўминлар)нинг ўртасига дарвозали бир девор урилурки, унинг ичида раҳмат-жаннат, ташқарисида-олдида эса азоб-дўзах бўлур.

539-sahifa · 27-juz · 54-hizb539-саҳифа · 27-жуз · 54-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَوْمَkundaкундаيَقُولُderlarдерларٱلْمُنَـٰفِقُونَmunofiqlarмунофиқларوَٱلْمُنَـٰفِقَـٰتُva munofiqalarва мунофиқаларلِلَّذِينَkimlargaкимларгаءَامَنُوا۟iymon keltirganиймон келтирганٱنظُرُونَاbizni kutib turinglarбизни кутиб турингларنَقْتَبِسْbir oz olaylikбир оз олайликمِن-dan-данنُّورِكُمْnuringizнурингизقِيلَdeyildiдейилдиٱرْجِعُوا۟qaytinglarқайтингларوَرَآءَكُمْortingizgaортингизгаفَٱلْتَمِسُوا۟bas, qidiringlarбас, қидирингларنُورًۭاnurнурفَضُرِبَbas, urildiбас, урилдиبَيْنَهُمularning orasigaуларнинг орасигаبِسُورٍۢqoʻrgʻonқўрғонلَّهُۥuningунингبَابٌۢeshigiэшигиبَاطِنُهُۥuning ichidaунинг ичидаفِيهِundaундаٱلرَّحْمَةُrahmatраҳматوَظَـٰهِرُهُۥva tashqarisiва ташқарисиمِن-dan-данقِبَلِهِoldi tomoniолди томониٱلْعَذَابُazobdirазобдир
TafsirТафсир

Qiyomat kuni maʼlum muddat zulmat boʻlib, albatta, bu oʻsha kunda roʻy beradigan hodisalarning bir bosqichi, xolos. Hech kim hech narsani koʻrmay qolganda, moʻminlarga nur ato qilinib, ular shodon va shahdam yurib borishadi. Shunda:

«Munofiq va munofiqalar iymonlilarga: «Toʻxtab turinglar, biz ham nuringizdan bir oz olaylik...»

Yaʼni, «Bizni tashlab ketmanglar, kutib turinglar, bizga ham nuringizdan ozgina beringlar», deb yalinishar ekan. Ularning bu yalinishlariga javoban esa,

«Ortingizga qayting hamda nur qidiring...»

Yaʼni, «Ortingizga qaytib, oʻzingiz nur axtaring», deyilarkan. Ular qanday qilib nur topishardi. Bu dunyoda johiliyat zulmatlaridan Islom nuriga chiqishni xohlamagan edilar. Endi oxirat zulmatlarida xoru zor boʻlishlari turgan gap.

«Bas, ularning orasiga eshigi bor qoʻrgʻon urilur.»

Alloh taolo ikki guruhning orasiga eshikli bir qoʻrgʻon oʻrnatadi. Eshikdan moʻminlar kirib olib, munofiqlar tashqarida qolishadi.

«Uning ichida rahmat, tashqarisida–oldida azobdir.»

Qoʻrgʻonning ichkarisi jannat boʻlsa, tashqarisi doʻzaxdir.

Kelasi oyatlarda munofiqlar bilan moʻminlar orasidagi aytishuv davom ettiriladi: