QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hadid surasi · Oyatсураси · Оят14

يُنَادُونَهُمْ أَلَمْ نَكُن مَّعَكُمْ ۖ قَالُوا۟ بَلَىٰ وَلَـٰكِنَّكُمْ فَتَنتُمْ أَنفُسَكُمْ وَتَرَبَّصْتُمْ وَٱرْتَبْتُمْ وَغَرَّتْكُمُ ٱلْأَمَانِىُّ حَتَّىٰ جَآءَ أَمْرُ ٱللَّهِ وَغَرَّكُم بِٱللَّهِ ٱلْغَرُورُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularga (munofiqlar): «Biz siz bilan birga emasmidik?!» – deb nido qilurlar. Ular: «Xuddi shunday. Lekin sizlar Allohning amri kelguncha o`zingizni o`zingiz fitnaga duchor qildingiz, ko`z tikib kutdingiz, shubha qildingiz va sizlarni xomxayollar g`ururga ketkazdi. Sizlarni Alloh haqida aldamchi aldab qo`ydi.Уларга (мунофиқлар): «Биз сиз билан бирга эмасмидик?!» – деб нидо қилурлар. Улар: «Худди шундай. Лекин сизлар Аллоҳнинг амри келгунча ўзингизни ўзингиз фитнага дучор қилдингиз, кўз тикиб кутдингиз, шубҳа қилдингиз ва сизларни хомхаёллар ғурурга кетказди. Сизларни Аллоҳ ҳақида алдамчи алдаб қўйди.Alauddin Mansour: Ular (moʻminlarga) «Biz (hayoti dunyoda) sizlar bilan birga emasmidik», deb nido qilganlarida, (moʻminlar) derlar: «Ha, (koʻrinishda biz bilan birga edinglar), lekin sizlar (munofiqlik bilan) oʻzlaringizni fitnaga duchor qildinglar va (bizlarga balo-ofatlar yetishiga) koʻz tutdinglar hamda (Islomning haq «din ekanligi toʻgʻrisida) shubhalandinglar va to Allohning amri (yaʼni, oʻlim) kelgunicha sizlarni (hali umr uzoq ekanligi, Alloh har qanday gunohni kechib yuboraverishi kabi) xomxayollar aldadi. Sizlarni Alloh haqida (U zotning karami keng, hech qachon Oʻzi yaratgan bandalarni azobga giriftor qilmaydi, deb) aldaguvchi (shayton) aldab qoʻydi».Улар (мўминларга) «Биз (ҳаёти дунёда) сизлар билан бирга эмасмидик», деб нидо қилганларида, (мўминлар) дерлар: «Ҳа, (кўринишда биз билан бирга эдинглар), лекин сизлар (мунофиқлик билан) ўзларингизни фитнага дучор қилдинглар ва (бизларга бало-офатлар етишига) кўз тутдинглар ҳамда (Исломнинг ҳақ «дин эканлиги тўғрисида) шубҳаландинглар ва то Аллоҳнинг амри (яъни, ўлим) келгунича сизларни (ҳали умр узоқ эканлиги, Аллоҳ ҳар қандай гуноҳни кечиб юборавериши каби) хомхаёллар алдади. Сизларни Аллоҳ ҳақида (У зотнинг карами кенг, ҳеч қачон Ўзи яратган бандаларни азобга гирифтор қилмайди, деб) алдагувчи (шайтон) алдаб қўйди».

539-sahifa · 27-juz · 54-hizb539-саҳифа · 27-жуз · 54-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يُنَادُونَهُمْularga nido qilurlarуларга нидо қилурларأَلَمْemasmidikэмасмидикنَكُنbiz boʻlganmizбиз бўлганмизمَّعَكُمْ ۖsizlar bilan birgaсизлар билан биргаقَالُوا۟ular aytdilarулар айтдиларبَلَىٰxuddi shundayхудди шундайوَلَـٰكِنَّكُمْlekin sizlarлекин сизларفَتَنتُمْfitnaga duchor qildingizфитнага дучор қилдингизأَنفُسَكُمْoʻzingizniўзингизниوَتَرَبَّصْتُمْva koʻz tikib kutdingizва кўз тикиб кутдингизوَٱرْتَبْتُمْva shubha qildingizва шубҳа қилдингизوَغَرَّتْكُمُva sizlarni gʻururga ketkazdiва сизларни ғурурга кетказдиٱلْأَمَانِىُّxom-xayollarхом-хаёлларحَتَّىٰtoтоجَآءَkelgunchaкелгунчаأَمْرُamriамриٱللَّهِAllohningАллоҳнингوَغَرَّكُمva sizlarni aldab qoʻydiва сизларни алдаб қўйдиبِٱللَّهِAlloh haqidaАллоҳ ҳақидаٱلْغَرُورُaldamchiалдамчи
TafsirТафсир

Qiyomat kuni Alloh tomonidan berilgan nurga ega boʻlgan moʻmin va moʻminalar oʻzlaridan yalinib-yolborib nur soʻragan munofiqlarga rad javob berganlarida,

«Ularga (munofiqlar): «Biz siz bilan birga emasmidik?!» – deb nido qilurlar».

Yaʼni, munofiqlar bu dunyoda yuzaki tarzda moʻminlar bilan birga boʻlganlarini roʻkach qilib, hayoti dunyoda birga boʻlgan boʻlsak ham endi bizni yordamsiz tashlab ketasizlarmi, deydilar Shunda munofiqlarning bu gaplariga,

«Ular: «Xuddi shunday».

Ha, rostdan ham siz biz bilan birga boʻlgan edingiz.

«Lekin sizlar Allohning amri kelguncha oʻzingizni oʻzingiz fitnaga duchor qildingiz...»

Ammo sizlar oʻzingizga oʻlim kelguncha, nifoq-la va ikkiyuzlamachilik ila Allohni, Uning Paygʻambarini va bizni aldamoqchi boʻlib, oʻzingizni oʻzingiz aldab yurdingiz.

Bu ham yetmaganidek, siz bizga balo-ofat, halokat va magʻlubiyat kelishini

«...…koʻz tikib kutdingiz...»

Siz Allohning birligiga, U zotning barkamol sifatlariga, U zotning Paygʻambariga, Qurʼoniga va boshqa iymon keltirish lozim boʻlgan narsalarga

«...…shubha qildingiz...…»

Siz oʻzingiz yomon yoʻlni ixtiyor qilganingiz uchun mana shu narsalarga giriftor boʻldingiz.

«...…va sizlarni xomxayollar gʻururga ketkazdi.»

Ha, xom-xayolga berilib aldanib qoldingiz. Shu bilan birga,

«Sizlarni Alloh haqida aldamchi aldab qoʻydi».

Bu jumladagi aldamchidan murod shaytondir. Demak, munofiqlar shaytonning gapiga kirib, aldoviga uchib rasvo boʻlganlar.

Moʻminlar munofiqlarga qaratilgan gaplari davomida yana quyidagilarni aytadilar:

«Bugun sizlardan ham, kufr keltirganlardan ham toʻlov olinmas».

Bugun qiyomat kuni. Bu kun oʻziga yarasha qonun-qoidaga ega. Bugun munofiqlardan ham, kofirlardan ham kufr, nifoq va isyonlarini yuvish uchun toʻlov olinmaydi. Binobarin,

«Joylaringiz jahannamda, u sizning egangizdir. Qanday ham yomon borar joy!» – derlar».

Chindan ham, munofiqlar zohirda moʻminlar bilan birga boʻladilar, moʻminlarning soʻzlarini aytadilar, odamlar koʻrsin uchun ibodatlarni, yana boshqa ishlarni ham ado etadilar. Lekin bular hammasi nifoq uchundir. Ular ushbu munofiqliklari bilan oʻzlarini oʻzlari fitnaga duchor qiladilar. Oʻzlaricha, moʻminlarni aldayapman, deb oʻylaydilar, aslida esa, oʻzlarini aldaydilar.

Munofiqlarning iymonlari yuzaki, ishonchlari zaif boʻlgani uchun, mabodo dunyo ishlari chappa aylanib, moʻminlarning ahvoli ogʻirlashib qolsa, ularga qoʻshilib ahvolim chatoq boʻlmasin, deya koʻz tikib kutadilar.

Munofiqlar dinu diyonat ishiga hamisha shubha bilan qaraydilar.

Munofiqlar: «Ajab emas, Islom magʻlubiyatga uchrab, musulmonlar yengilsa», degan xomxayollarga berilib, gʻururga ketadilar.

Munofiqlarni shayton avraydi: «Sizlar toʻgʻri ish qilyapsizlar, barcha fikrlaringiz asosli, mabodo notoʻgʻri boʻlsa ham, Allohning Oʻzi kechiradi», deb ularni aldab qoʻyadi.

Qiyomat kunida munofiqlarga hech qanday najot yoʻq. Bu dunyoda agar notoʻgʻri ish qilsalar, uni toʻlov evaziga toʻgʻrilab yoki xas-poʻshlab olar edilar, ammo qiyomatda munofiqlardan ham, kofirlardan ham toʻlov olinmaydi. Barchalarining boradigan joylari jahannamning olovi, faqat oʻsha olov ular ustidan hukmrondir.

Ushbu oyatda, agar munofiqlar bu dunyoda oʻz nifoqlari jazosini olmagan boʻlsalar ham, u dunyoda albatta olishlarining tafsiloti bayon qilinmoqda.

Shundan soʻng Alloh taolo moʻminlarni munofiqlarga oʻxshamaslikka, yahudiy va nasorolar singari, Allohning toatidan chiquvchi boʻlmaslikka daʼvat qiladi.