QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hadid surasi · Oyatсураси · Оят15

فَٱلْيَوْمَ لَا يُؤْخَذُ مِنكُمْ فِدْيَةٌ وَلَا مِنَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ ۚ مَأْوَىٰكُمُ ٱلنَّارُ ۖ هِىَ مَوْلَىٰكُمْ ۖ وَبِئْسَ ٱلْمَصِيرُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bugun sizlardan ham, kufr keltirganlardan ham to`lov olinmas. Joylaringiz jahannamda, u sizning egangizdir. Qanday ham yomon borar joy!» – derlar.Бугун сизлардан ҳам, куфр келтирганлардан ҳам тўлов олинмас. Жойларингиз жаҳаннамда, у сизнинг эгангиздир. Қандай ҳам ёмон борар жой!» – дерлар.Alauddin Mansour: Mana Bugun sizlardan ham, (ey munofiqlar), kofir boʻlgan kimsalardan ham (doʻzax azobidan qutulishlaringiz uchun) biron toʻlov olinmas. Joylaringiz doʻzaxdir! U sizlarga eng munosib joydir! Naqadar yomon oqibat (bu)!Мана Бугун сизлардан ҳам, (эй мунофиқлар), кофир бўлган кимсалардан ҳам (дўзах азобидан қутулишларингиз учун) бирон тўлов олинмас. Жойларингиз дўзахдир! У сизларга энг муносиб жойдир! Нақадар ёмон оқибат (бу)!

539-sahifa · 27-juz · 54-hizb539-саҳифа · 27-жуз · 54-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَٱلْيَوْمَbas, bugunбас, бугунلَاemasэмасيُؤْخَذُolinadirолинадирمِنكُمْsizlardanсизларданفِدْيَةٌۭtoʻlovтўловوَلَاva emasва эмасمِنَ-dan-данٱلَّذِينَkimlarкимларكَفَرُوا۟ ۚkufr keltirganкуфр келтирганمَأْوَىٰكُمُjoyingizжойингизٱلنَّارُ ۖjahannamdirжаҳаннамдирهِىَuуمَوْلَىٰكُمْ ۖsizning egangizdirсизнинг эгангиздирوَبِئْسَva qanday ham yomonва қандай ҳам ёмонٱلْمَصِيرُborar joyборар жой
TafsirТафсир

Qiyomat kuni Alloh tomonidan berilgan nurga ega boʻlgan moʻmin va moʻminalar oʻzlaridan yalinib-yolborib nur soʻragan munofiqlarga rad javob berganlarida,

«Ularga (munofiqlar): «Biz siz bilan birga emasmidik?!» – deb nido qilurlar».

Yaʼni, munofiqlar bu dunyoda yuzaki tarzda moʻminlar bilan birga boʻlganlarini roʻkach qilib, hayoti dunyoda birga boʻlgan boʻlsak ham endi bizni yordamsiz tashlab ketasizlarmi, deydilar Shunda munofiqlarning bu gaplariga,

«Ular: «Xuddi shunday».

Ha, rostdan ham siz biz bilan birga boʻlgan edingiz.

«Lekin sizlar Allohning amri kelguncha oʻzingizni oʻzingiz fitnaga duchor qildingiz...»

Ammo sizlar oʻzingizga oʻlim kelguncha, nifoq-la va ikkiyuzlamachilik ila Allohni, Uning Paygʻambarini va bizni aldamoqchi boʻlib, oʻzingizni oʻzingiz aldab yurdingiz.

Bu ham yetmaganidek, siz bizga balo-ofat, halokat va magʻlubiyat kelishini

«...…koʻz tikib kutdingiz...»

Siz Allohning birligiga, U zotning barkamol sifatlariga, U zotning Paygʻambariga, Qurʼoniga va boshqa iymon keltirish lozim boʻlgan narsalarga

«...…shubha qildingiz...…»

Siz oʻzingiz yomon yoʻlni ixtiyor qilganingiz uchun mana shu narsalarga giriftor boʻldingiz.

«...…va sizlarni xomxayollar gʻururga ketkazdi.»

Ha, xom-xayolga berilib aldanib qoldingiz. Shu bilan birga,

«Sizlarni Alloh haqida aldamchi aldab qoʻydi».

Bu jumladagi aldamchidan murod shaytondir. Demak, munofiqlar shaytonning gapiga kirib, aldoviga uchib rasvo boʻlganlar.

Moʻminlar munofiqlarga qaratilgan gaplari davomida yana quyidagilarni aytadilar:

«Bugun sizlardan ham, kufr keltirganlardan ham toʻlov olinmas».

Bugun qiyomat kuni. Bu kun oʻziga yarasha qonun-qoidaga ega. Bugun munofiqlardan ham, kofirlardan ham kufr, nifoq va isyonlarini yuvish uchun toʻlov olinmaydi. Binobarin,

«Joylaringiz jahannamda, u sizning egangizdir. Qanday ham yomon borar joy!» – derlar».

Chindan ham, munofiqlar zohirda moʻminlar bilan birga boʻladilar, moʻminlarning soʻzlarini aytadilar, odamlar koʻrsin uchun ibodatlarni, yana boshqa ishlarni ham ado etadilar. Lekin bular hammasi nifoq uchundir. Ular ushbu munofiqliklari bilan oʻzlarini oʻzlari fitnaga duchor qiladilar. Oʻzlaricha, moʻminlarni aldayapman, deb oʻylaydilar, aslida esa, oʻzlarini aldaydilar.

Munofiqlarning iymonlari yuzaki, ishonchlari zaif boʻlgani uchun, mabodo dunyo ishlari chappa aylanib, moʻminlarning ahvoli ogʻirlashib qolsa, ularga qoʻshilib ahvolim chatoq boʻlmasin, deya koʻz tikib kutadilar.

Munofiqlar dinu diyonat ishiga hamisha shubha bilan qaraydilar.

Munofiqlar: «Ajab emas, Islom magʻlubiyatga uchrab, musulmonlar yengilsa», degan xomxayollarga berilib, gʻururga ketadilar.

Munofiqlarni shayton avraydi: «Sizlar toʻgʻri ish qilyapsizlar, barcha fikrlaringiz asosli, mabodo notoʻgʻri boʻlsa ham, Allohning Oʻzi kechiradi», deb ularni aldab qoʻyadi.

Qiyomat kunida munofiqlarga hech qanday najot yoʻq. Bu dunyoda agar notoʻgʻri ish qilsalar, uni toʻlov evaziga toʻgʻrilab yoki xas-poʻshlab olar edilar, ammo qiyomatda munofiqlardan ham, kofirlardan ham toʻlov olinmaydi. Barchalarining boradigan joylari jahannamning olovi, faqat oʻsha olov ular ustidan hukmrondir.

Ushbu oyatda, agar munofiqlar bu dunyoda oʻz nifoqlari jazosini olmagan boʻlsalar ham, u dunyoda albatta olishlarining tafsiloti bayon qilinmoqda.

Shundan soʻng Alloh taolo moʻminlarni munofiqlarga oʻxshamaslikka, yahudiy va nasorolar singari, Allohning toatidan chiquvchi boʻlmaslikka daʼvat qiladi.