QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hadid surasi · Oyatсураси · Оят16

۞ أَلَمْ يَأْنِ لِلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ أَن تَخْشَعَ قُلُوبُهُمْ لِذِكْرِ ٱللَّهِ وَمَا نَزَلَ مِنَ ٱلْحَقِّ وَلَا يَكُونُوا۟ كَٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْكِتَـٰبَ مِن قَبْلُ فَطَالَ عَلَيْهِمُ ٱلْأَمَدُ فَقَسَتْ قُلُوبُهُمْ ۖ وَكَثِيرٌ مِّنْهُمْ فَـٰسِقُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Iymon keltirganlar uchun Allohning zikriga va nozil bo`lgan haqqa qalblari yumshash, ayni chog`da, oldin kitob berilgan, so`ng muddat o`tishi bilan qalblari qotib qolgan, ko`plari fosiq bo`lganlarga o`xshamaslik vaqti kelmadimi?!Иймон келтирганлар учун Аллоҳнинг зикрига ва нозил бўлган ҳаққа қалблари юмшаш, айни чоғда, олдин китоб берилган, сўнг муддат ўтиши билан қалблари қотиб қолган, кўплари фосиқ бўлганларга ўхшамаслик вақти келмадими?!Alauddin Mansour: Iymon keltirgan zotlar uchun dillari Allohning zikri sababli va nozil boʻlgan Haq — Qurʼon (tilovat qilinishi) sababli qalblari erib, qoʻrqish (vaqti) kelmadimi? (Shuningdek, ular uchun) ilgari kitob ato etilgan, soʻng (ular bilan paygʻambarlari oʻrtasidagi) muddat uzaygach, dillari qotib ketgan kimsalar (yaʼni, yahudiy va nasroniylar) kabi boʻlib qolmaslik (vaqti kelmadimi)? Ulardan (yahudiy va nasroniylardan) koʻplari fosiq-itoatsizdirlar!Иймон келтирган зотлар учун диллари Аллоҳнинг зикри сабабли ва нозил бўлган Ҳақ — Қуръон (тиловат қилиниши) сабабли қалблари эриб, қўрқиш (вақти) келмадими? (Шунингдек, улар учун) илгари китоб ато этилган, сўнг (улар билан пайғамбарлари ўртасидаги) муддат узайгач, диллари қотиб кетган кимсалар (яъни, яҳудий ва насронийлар) каби бўлиб қолмаслик (вақти келмадими)? Улардан (яҳудий ва насронийлардан) кўплари фосиқ-итоатсиздирлар!

539-sahifa · 27-juz · 54-hizb539-саҳифа · 27-жуз · 54-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ أَلَمْhaligachaҳалигачаيَأْنِvaqti kelmadimiвақти келмадимиلِلَّذِينَkimlar uchunкимлар учунءَامَنُوٓا۟iymon keltirganиймон келтирганأَن-ki-киتَخْشَعَyumshashiюмшашиقُلُوبُهُمْqalblariқалблариلِذِكْرِzikrigaзикригаٱللَّهِAllohningАллоҳнингوَمَاva narsagaва нарсагаنَزَلَnozil boʻlganнозил бўлганمِنَ-dan-данٱلْحَقِّhaqҳақوَلَاva emasва эмасيَكُونُوا۟boʻlishlariбўлишлариكَٱلَّذِينَkimlarga oʻxshabкимларга ўхшабأُوتُوا۟berilganберилганٱلْكِتَـٰبَkitobкитобمِن-dan-данقَبْلُoldinолдинفَطَالَbas, uzaydiбас, узайдиعَلَيْهِمُulargaуларгаٱلْأَمَدُmuddatмуддатفَقَسَتْbas, qotib qoldiбас, қотиб қолдиقُلُوبُهُمْ ۖqalblariқалблариوَكَثِيرٌۭva koʻplariва кўплариمِّنْهُمْulardanуларданفَـٰسِقُونَfosiqdirlarфосиқдирлар
TafsirТафсир

Inson qalbi tez oʻzgaruvchan narsa. Arab tilida «qalb» soʻzi «oʻzgarish», «aylanish» kabi maʼnolarni anglatadi. Qalbning oʻzgaruvchanligini Qurʼoni Karim tez-tez eslatib turadi. Ushbu oyat ham shunday eslatmalardan biridir. Inson tez-tez Allohni zikr qilib tursa, qalbi yumshaydi, muloyim boʻladi, his qilish malakasi oshadi.

«Iymon keltirganlar uchun Allohning zikriga va nozil boʻlgan haqqa qalblari yumshash...…»

Oyatdagi «nozil boʻlgan haq» Qurʼoni Karimdir. Demak, uni tilovat qilish, yodlash, oʻrganish, unga amal qilish inson qalbini yumshatadi.

Agar Alloh tez-tez eslab turilmasa, Qurʼon va shariatdan, din taʼlimotlaridan uzoqlashilsa, inson qalbini mogʻor bosadi, bagʻri toshga aylanadi. Unga Allohning zikri ham, diniy taʼlimotlar ham taʼsir qilmaydigan boʻlib qoladi. Avval Tavrot va Injil kabi ilohiy kitoblar berilgan yahudiy va nasroniylar Allohning zikridan uzoqlashganlari uchun, vaqt oʻtishi bilan, oyatda tasvirlanganidek, qalblarini mogʻor bosib, qattiq boʻlib qolgan. Ularning koʻplari fosiqlardir.

«...…ayni choqda, oldin kitob berilgan, soʻng muddat oʻtishi bilan qalblari qotib qolgan, koʻplari fosiq boʻlganlarga oʻxshamaslik vaqti kelmadimi?!»

Lekin qotib qolgan qalblardan ham umid uzmaslik kerak. Allohning oʻziga hamma narsa oson. U, xuddi qurib-qaqshagan yerni jonlantirganidek, mogʻor bosib qotib ketgan qalbni ham yumshata oladi.