ٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّ ٱللَّهَ يُحْىِ ٱلْأَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا ۚ قَدْ بَيَّنَّا لَكُمُ ٱلْـَٔايَـٰتِ لَعَلَّكُمْ تَعْقِلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Shuni bilinglarki, albatta Alloh o`lik yerni tiriltirur. Darhaqiqat, sizlarga oyatlarni bayon qildik, shoyadki, aql yuritsangizlar.Шуни билингларки, албатта Аллоҳ ўлик ерни тирилтирур. Дарҳақиқат, сизларга оятларни баён қилдик, шоядки, ақл юритсангизлар.Alauddin Mansour: (Ey moʻminlar), bilinglarki, albatta Alloh oʻlgan Yerni tiriltirur (yaʼni, Alloh qurib-qaqshab yotgan Yerni yomgʻir bilan «tiriltirgani» kabi sizlarning dillaringizni ham Allohning zikri va Qurʼon tilovati bilan yumshatur). Mana Biz aql yurgizishlaringiz uchun sizlarga (Oʻz qudrati ilohiyyamizga dalolat qiladigan) oyatlarni batafsil bayon qildik.(Эй мўминлар), билингларки, албатта Аллоҳ ўлган Ерни тирилтирур (яъни, Аллоҳ қуриб-қақшаб ётган Ерни ёмғир билан «тирилтиргани» каби сизларнинг дилларингизни ҳам Аллоҳнинг зикри ва Қуръон тиловати билан юмшатур). Мана Биз ақл юргизишларингиз учун сизларга (Ўз қудрати илоҳийямизга далолат қиладиган) оятларни батафсил баён қилдик.
Allohni eslash, zikr qilish natijasi va Qurʼonning inson qalbiga oʻtkazadigan taʼsiri ushbu oyati karimada xuddi qaqrab yotgan yerga suvning taʼsiriga oʻxshatilmoqda.
«Shuni bilinglarki, albatta Alloh oʻlik yerni tiriltirur.»
Quruq yerga suv quyilsa, u yumshab, jonlanib, samara bera boshlaganidek, Alloh eslansa va Qurʼon oʻqib, unga amal qilinsa, qalb ham yumshab, samarasini bera boshlaydi.
«Darhaqiqat, sizlarga oyatlarni bayon qildik, shoyadki, aql yuritsangizlar.»
Shuning uchun, qalbi qattiq odamlar umidsiz boʻlmasdan, koʻproq Allohning zikrini qilib, Qurʼon oʻrganishlari kerak.
Daʼvatchilar ham, falonchilarning qalbi qotib ketgan, deb umidsiz boʻlmay, daʼvatni yanada kuchaytirishlari lozim.
Iymon tufayli qalblari yumshagan kishilar nimalar qilishlarini kelasi oyat qisman bayon qiladi.