QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят118

فَكُلُوا۟ مِمَّا ذُكِرَ ٱسْمُ ٱللَّهِ عَلَيْهِ إِن كُنتُم بِـَٔايَـٰتِهِۦ مُؤْمِنِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar Uning oyatlariga iymon keltirguvchilardan bo`lsangiz, Allohning ismi zikr qilingan narsadan yeng!Агар Унинг оятларига иймон келтиргувчилардан бўлсангиз, Аллоҳнинг исми зикр қилинган нарсадан енг!Alauddin Mansour: Bas, agar Allohning oyatlariga iymon keltirguvchi boʻlsangizlar, Allohning nomi zikr qilingan narsalardan (yaʼni, Allohning nomi aytilib soʻyilgan hayvonlarning goʻshtidan) yeyaveringlar.Бас, агар Аллоҳнинг оятларига иймон келтиргувчи бўлсангизлар, Аллоҳнинг номи зикр қилинган нарсалардан (яъни, Аллоҳнинг номи айтилиб сўйилган ҳайвонларнинг гўштидан) еяверинглар.

142-sahifa · 8-juz · 15-hizb142-саҳифа · 8-жуз · 15-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَكُلُوا۟bas, yenglarбас, енгларمِمَّاnarsadanнарсаданذُكِرَzikr qilinganзикр қилинганٱسْمُismiисмиٱللَّهِAllohningАллоҳнингعَلَيْهِuning ustigaунинг устигаإِنagarагарكُنتُمboʻlsangizбўлсангизبِـَٔايَـٰتِهِۦUning oyatlarigaУнинг оятларигаمُؤْمِنِينَiymon keltirguvchilardanиймон келтиргувчилардан
TafsirТафсир

Yaʼni, haqiqiy moʻmin boʻlsangiz, Allohning nomi bilan soʻyilgan hayvonlarning goʻshtidan ozuqlaning. Kishi hayotida oziq-ovqat muhim oʻrin tutganidan, xususan, tanovul qilinadigan taomning halol boʻlishi muhimligidan iymonni oʻrtaga qoʻyib, Allohning nomi zikr qilinib soʻyilgan hayvonning goʻshtini yeyishga amr qilinmoqda.

«Agar Uning oyatlariga iymon keltirguvchilardan boʻlsangiz, Allohning ismi zikr qilingan narsadan yeng!»

Bu degani–boshqasini yemang deganidir. Voqeʼlikda baʼzi odamlar eʼtiborsizlik yoki arzimas bahonalar bilan halol hayvonlarni soʻyishda Allohning nomini zikr qilishni yoʻlga qoʻymasalar, boshqalari undan ham arzimagan bahonalarni roʻkach qilib, oʻsha goʻshtlarni yeyishni oʻziga, farzandlariga ravo koʻradilar. Aslida esa, ularning bandalik burchlari–halol-pok, Allohning nomini zikr qilib soʻyilgan hayvonlarning goʻshtini yemoqlari kerak edi.