QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят119

وَمَا لَكُمْ أَلَّا تَأْكُلُوا۟ مِمَّا ذُكِرَ ٱسْمُ ٱللَّهِ عَلَيْهِ وَقَدْ فَصَّلَ لَكُم مَّا حَرَّمَ عَلَيْكُمْ إِلَّا مَا ٱضْطُرِرْتُمْ إِلَيْهِ ۗ وَإِنَّ كَثِيرًا لَّيُضِلُّونَ بِأَهْوَآئِهِم بِغَيْرِ عِلْمٍ ۗ إِنَّ رَبَّكَ هُوَ أَعْلَمُ بِٱلْمُعْتَدِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizga nima bo`ldiki, Allohning nomi aytib so`yilgan narsani yemas ekansizlar?! U sizlarga harom qilgan narsalarini batafsil bayon qilib bergan-ku?! Magar muztar bo`lganingizda, mayli. Albatta, ko`pchilik bilmasdan, hoyu havaslari ila adashtirurlar. Albatta, Robbing tajovuzkorlarni yaxshi bilguvchidir.Сизга нима бўлдики, Аллоҳнинг номи айтиб сўйилган нарсани емас экансизлар?! У сизларга ҳаром қилган нарсаларини батафсил баён қилиб берган-ку?! Магар музтар бўлганингизда, майли. Албатта, кўпчилик билмасдан, ҳойу ҳаваслари ила адаштирурлар. Албатта, Роббинг тажовузкорларни яхши билгувчидир.Alauddin Mansour: Allohning nomi zikr qilingan narsalardan nima uchun yemas ekansizlar?! Axir U sizlarga harom qilingan narsalarni mufassal bayon qilgan-ku. Magar muztar boʻlib qolgan holingizdagina (u narsalardan yeyishingiz mumkin). Shubhasiz, koʻp (kishilar) oʻz hoyu-havaslari bilan bilmagan hollarida (oʻzlarini) yoʻldan ozdirurlar. Albatta, Parvardigoringiz bunday tajovuzkor kimsalarni juda yaxshi bilguvchidir.Аллоҳнинг номи зикр қилинган нарсалардан нима учун емас экансизлар?! Ахир У сизларга ҳаром қилинган нарсаларни муфассал баён қилган-ку. Магар музтар бўлиб қолган ҳолингиздагина (у нарсалардан ейишингиз мумкин). Шубҳасиз, кўп (кишилар) ўз ҳою-ҳаваслари билан билмаган ҳолларида (ўзларини) йўлдан оздирурлар. Албатта, Парвардигорингиз бундай тажовузкор кимсаларни жуда яхши билгувчидир.

143-sahifa · 8-juz · 15-hizb143-саҳифа · 8-жуз · 15-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَاva nimaва нимаلَكُمْsizga boʻldiсизга бўлдиأَلَّاemasэмасتَأْكُلُوا۟yeysizlarейсизларمِمَّاnarsadanнарсаданذُكِرَaytib zikr qilinganайтиб зикр қилинганٱسْمُnomiномиٱللَّهِAllohningАллоҳнингعَلَيْهِuning ustigaунинг устигаوَقَدْholbuki, batahqiqҳолбуки, батаҳқиқفَصَّلَbatafsil bayon qildiбатафсил баён қилдиلَكُمsizlargaсизларгаمَّاnarsalariniнарсалариниحَرَّمَharom qilganҳаром қилганعَلَيْكُمْsizlargaсизларгаإِلَّاmagarмагарمَاnarsaнарсаٱضْطُرِرْتُمْmuztar boʻlganingizмузтар бўлганингизإِلَيْهِ ۗungaунгаوَإِنَّva albattaва албаттаكَثِيرًۭاkoʻpchilikкўпчиликلَّيُضِلُّونَalbatta adashtiradilarалбатта адаштирадиларبِأَهْوَآئِهِمhoyu havaslari ilaҳойу ҳаваслари илаبِغَيْرِ-siz-сизعِلْمٍ ۗilm (bilmasdan)илм (билмасдан)إِنَّalbattaалбаттаرَبَّكَRobbingРоббингهُوَUУأَعْلَمُyaxshi bilguvchidirяхши билгувчидирبِٱلْمُعْتَدِينَtajovuzkorlarniтажовузкорларни
TafsirТафсир

Agar moʻmin-musulmon boʻlsangiz, Allohning hukmiga taslim boʻlib, iymon keltirgan boʻlsangiz, Alloh sizga Oʻzining nomi aytib soʻyilgan hayvonlarning goʻshtidan yemoqni buyurgan ekan.

«Sizga nima boʻldiki, Allohning nomi aytib soʻyilgan narsani yemas ekansizlar?!»

Unda musulmonligingiz qoldimi?

«U sizlarga harom qilgan narsalarini batafsil bayon qilib bergan-ku?!»

Oʻsha batafsil bayon qilingan harom narsalar ichida hamma narsa aytilgan-ku. Jumladan:

«Magar muztar boʻlganingizda, mayli», ham deyilgan-ku.

Yaʼni, noiloj holga tushib, yemasangiz halokatingiz muqarrar boʻlib qolganda, haddan oshmay, harom narsani yesangiz ham, mayli, deyilgan-ku. Hamma narsa ayon boʻlib turib, nimaga yana ortiqcha gap qilasiz?

«Albatta, koʻpchilik bilmasdan, hoyu havaslari ila adashtirurlar».

Jumladan, halol-harom masalasida. Allohning nomi zikr qilinmay soʻyilgan hayvonlarning goʻshtini isteʼmol qilish masalasida ham xoh bilmasdan, xoh bilib turib, ammo, aslida havoi nafsning gapiga kirib, odamlarni adashtiradilar. Odamlarga notoʻgʻri fatvo beradilar.

«Albatta, Robbing tajovuzkorlarni yaxshi bilguvchidir».

U Oʻzining hukmiga tajovuz qilib, harom narsalarni, Allohning nomi aytilmay soʻyilgan hayvonlar goʻshtini yeganlarni juda yaxshi biladi va ularga tegishli jazoni beradi. Shuningdek, ilmsiz, havoi nafsning koʻyiga kirib, bu masalada va boshqa masalalarda odamlarni adashtirganlarni ham yaxshi biladi va ularga ham tegishli jazosini beradi.