وَلَا تَأْكُلُوا۟ مِمَّا لَمْ يُذْكَرِ ٱسْمُ ٱللَّهِ عَلَيْهِ وَإِنَّهُۥ لَفِسْقٌ ۗ وَإِنَّ ٱلشَّيَـٰطِينَ لَيُوحُونَ إِلَىٰٓ أَوْلِيَآئِهِمْ لِيُجَـٰدِلُوكُمْ ۖ وَإِنْ أَطَعْتُمُوهُمْ إِنَّكُمْ لَمُشْرِكُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohning ismi zikr qilinmagan narsalarni yemanglar. Albatta, bu ish fisqdir. Albatta, shaytonlar o`z do`stlariga sizlar bilan tortishishni vasvasa qilurlar. Agar ularga itoat qilsangiz, sizlar ham mushriklardan bo`lursizlar.Аллоҳнинг исми зикр қилинмаган нарсаларни еманглар. Албатта, бу иш фисқдир. Албатта, шайтонлар ўз дўстларига сизлар билан тортишишни васваса қилурлар. Агар уларга итоат қилсангиз, сизлар ҳам мушриклардан бўлурсизлар.Alauddin Mansour: Allohning nomi zikr qilinmagan narsalardan yemangiz! Zotan, bu ish itoatsizlikdir. Albatta, shaytonlar oʻz doʻstlarini (yaʼni, mushriklarni) sizlar bilan janjallashishlari uchun vasvasaga solurlar. Agar ularga boʻyinsunsangizlar, hech shak-shubhasiz, mushriklardan boʻlib qolursizlar.Аллоҳнинг номи зикр қилинмаган нарсалардан емангиз! Зотан, бу иш итоатсизликдир. Албатта, шайтонлар ўз дўстларини (яъни, мушрикларни) сизлар билан жанжаллашишлари учун васвасага солурлар. Агар уларга бўйинсунсангизлар, ҳеч шак-шубҳасиз, мушриклардан бўлиб қолурсизлар.
Ulamolarimiz ushbu oyatning tafsirida, agar musulmon kishi hayvonni soʻyayotib, Allohning ismini zikr qilishni unutib qoʻysa, soʻygan goʻshti halol, deganlar. Ammo, bilib turib, qasddan zikr qilmasa, unday goʻsht harom boʻladi.
«Allohning ismi zikr qilinmagan narsalarni yemanglar».
Shuningdek, avval oʻtgan oyatlarning hukmiga binoan, ahli kitoblarning soʻyishi ham haloldir. Boshqalarini esa, yeyish mutlaqo mumkin emas.
«Albatta, bu ish fisqdir».
Yaʼni, Allohning nomi zikr qilinmay soʻyilgan hayvonning goʻshtini yeyish fisq, yaʼni, din amridan chiqishdir.
«Albatta, shaytonlar oʻz doʻstlariga sizlar bilan tortishishni vasvasa qilurlar».
Shaytonning doʻstlari boʻlmish kofir va mushriklar imkonlari boricha sizlar bilan tortishadilar. Turli masalalarda, jumladan, Allohning nomi zikr etilmay soʻyilgan hayvonlar goʻshti haqida ham tortishadilar. Sizlar ularning gaplariga, tortishuvlariga hech eʼtibor bermasliklaring kerak.
«Agar ularga itoat qilsangiz, sizlar ham mushriklardan boʻlursizlar».
Allohning gapini uqmay, oʻzganing gapiga yurgan odam mushrik boʻlmay, kim mushrik boʻlsin?! Allohning amrini tutmay, boshqaning amrini tutgan kishi mushrik boʻlmay, kim mushrik boʻlsin?! Hatto, hayvonlarni soʻyishda Allohdan boshqaning amrini tutish ham shirk hisoblanadi. Kofir boʻlish esa, umuman boshqa kulfat. Musulmon bilan kofirning orasidagi farq juda ham ulkan: