QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят122

أَوَمَن كَانَ مَيْتًا فَأَحْيَيْنَـٰهُ وَجَعَلْنَا لَهُۥ نُورًا يَمْشِى بِهِۦ فِى ٱلنَّاسِ كَمَن مَّثَلُهُۥ فِى ٱلظُّلُمَـٰتِ لَيْسَ بِخَارِجٍ مِّنْهَا ۚ كَذَٰلِكَ زُيِّنَ لِلْكَـٰفِرِينَ مَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Avval o`lik bo`lgan odamni tiriltirib, unga odamlar orasida yuradigan nurni berib qo`ygan bo`lsak, u bilan zulmatlar ichida undan chiqa olmay yuruvchi odam o`xshash bo`lurmi? Shunday qilib, kofirlarga qilayotgan amallari ziynatlab ko`rsatildi.Аввал ўлик бўлган одамни тирилтириб, унга одамлар орасида юрадиган нурни бериб қўйган бўлсак, у билан зулматлар ичида ундан чиқа олмай юрувчи одам ўхшаш бўлурми? Шундай қилиб, кофирларга қилаётган амаллари зийнатлаб кўрсатилди.Alauddin Mansour: Avval oʻlik (kofir) boʻlgan, soʻngra biz uni (dinga hidoyat qilish bilan) tiriltirib, unga odamlar orasida oʻzi bilan birga olib yuradigan nurni (iymonni) berib qoʻyganimiz bir kishi zulmatlarda qolib ketgan va undan hech chiquvchi boʻlmagan kimsaga oʻxshaydimi?! (Moʻminlarga iymonlari qanday chiroyli koʻrinsa), kofirlarga ham qilayotgan amallari ana shunday chiroyli qilib koʻrsatib qoʻyildi.Аввал ўлик (кофир) бўлган, сўнгра биз уни (динга ҳидоят қилиш билан) тирилтириб, унга одамлар орасида ўзи билан бирга олиб юрадиган нурни (иймонни) бериб қўйганимиз бир киши зулматларда қолиб кетган ва ундан ҳеч чиқувчи бўлмаган кимсага ўхшайдими?! (Мўминларга иймонлари қандай чиройли кўринса), кофирларга ҳам қилаётган амаллари ана шундай чиройли қилиб кўрсатиб қўйилди.

143-sahifa · 8-juz · 15-hizb143-саҳифа · 8-жуз · 15-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَوَمَنaxir, kimахир, кимكَانَediэдиمَيْتًۭاoʻlikўликفَأَحْيَيْنَـٰهُbas, uni tiriltirdikбас, уни тирилтирдикوَجَعَلْنَاva berib qoʻydikва бериб қўйдикلَهُۥungaунгаنُورًۭاnurniнурниيَمْشِىyuradiganюрадиганبِهِۦu bilanу биланفِىorasidaорасидаٱلنَّاسِodamlarодамларكَمَنoʻxshash boʻladimi kimsagaўхшаш бўладими кимсагаمَّثَلُهُۥuning misoliунинг мисолиفِى-da-даٱلظُّلُمَـٰتِzulmatlar ichidaзулматлар ичидаلَيْسَemasэмасبِخَارِجٍۢchiquvchiчиқувчиمِّنْهَا ۚundanунданكَذَٰلِكَshunday qilibшундай қилибزُيِّنَziynatlab koʻrsatildiзийнатлаб кўрсатилдиلِلْكَـٰفِرِينَkofirlargaкофирларгаمَاnarsaнарсаكَانُوا۟ular edilarулар эдиларيَعْمَلُونَqilayotgan amallariқилаётган амаллари
TafsirТафсир

Bu oyati karimada kofir odam oʻlik hisobida ekanligi taʼkidlanmoqda. Alloh taolo kimni iymonga hidoyat etsa, oʻsha odamning moʻmin boʻlishi goʻyo oʻlikning qayta tirilishiga tenglashtirilmoqda.

Tirik bilan oʻlikning orasida qanchalik farq boʻlsa, moʻmin bilan kofirning farqi ham shunchalikdir.

Moʻmin odamning iymoni xuddi qoʻlida yoʻl koʻrsatuvchi nuri– mashʼalasi bor odamga, kofir esa, xuddi zulmatlar ichida qolib, undan chiqa olmay yurgan odamga oʻxshaydi. Bularni bir-birlariga tenglashtirib boʻladimi?

«Avval oʻlik boʻlgan odamni tiriltirib, unga odamlar orasida yuradigan nurni berib qoʻygan boʻlsak, u bilan zulmatlar ichida undan chiqa olmay yuruvchi odam oʻxshash boʻladimi?»

Albatta, yoʻq! Ammo, shunday boʻlsa ham, kufrni, oʻlik boʻlishni va zulmatlarda yurishni ixtiyor qilayotganlar bor. Nima uchun tirilishni, hayotga qadam qoʻyishni, yoʻlini yorituvchi nurga ega boʻlishni xohlamaydilar? Bu savolga javob shu:

«Shunday qilib, kofirlarga qilayotgan ishlari ziynatlab koʻrsatildi».

Ha, sir bu yoqda ekan. Kofirlik, yaʼni, oʻliklik va qorongʻu zulmat ziynatlab koʻrsatilar ekan. Avvalo, Allohning xohishi ila odamlarga ixtiyor berilib, nur yoʻli ham, zulmat ham koʻrsatib qoʻyilib, xohlaganini tanlab olish huquqi beriladi. Banda zulmatni tanlasa, unga bu zulmat ziynatlab koʻrsatiladi. Qolaversa, avvalgi oyatlarda zikr qilingan insu jinlarning shaytonlari goʻzal soʻzlar bilan kufrni, oʻlimni va zulmatni ziynatlab koʻrsatadi.

«Shunday qilib, kofirlarga qilayotgan ishlari ziynatlab koʻrsatildi».

Oqibatda, ularning qalblari hayotdan, nurdan va iymondan uzilib, hidoyatni xohlamaydigan, kufrni yaxshi koʻradigan boʻlib qoladi. Buning ustiga: