وَكَذَٰلِكَ جَعَلْنَا فِى كُلِّ قَرْيَةٍ أَكَـٰبِرَ مُجْرِمِيهَا لِيَمْكُرُوا۟ فِيهَا ۖ وَمَا يَمْكُرُونَ إِلَّا بِأَنفُسِهِمْ وَمَا يَشْعُرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Xuddi shunga o`xshash, har bir shaharda katta jinoyatchilarni unda makr qilish uchun qo`ydik. Ular, sezmagan holda, faqat o`zlariga o`zlari makr qilurlar, xolos.Худди шунга ўхшаш, ҳар бир шаҳарда катта жиноятчиларни унда макр қилиш учун қўйдик. Улар, сезмаган ҳолда, фақат ўзларига ўзлари макр қилурлар, холос.Alauddin Mansour: (Xuddi Makka zodagonlarini fosiq-itoatsiz kimsalar qilganimiz kabi) har bir qishloqda oʻsha joyning kattalarini hiyla-nayranglar qiladigan jinoyatchilar qilib qoʻydik. Ular faqat oʻzlarinigina aldaydilar, xolos, lekin oʻzlari sezmaydilar.(Худди Макка зодагонларини фосиқ-итоатсиз кимсалар қилганимиз каби) ҳар бир қишлоқда ўша жойнинг катталарини ҳийла-найранглар қиладиган жиноятчилар қилиб қўйдик. Улар фақат ўзларинигина алдайдилар, холос, лекин ўзлари сезмайдилар.
Xuddi yuqorida zikr qilinganidek, kishilarni iymon nuridan, Allohning dinidan toʻsadigan narsalardan biri:
«...har bir shaharda katta jinoyatchilarni unda makr qilish uchun qoʻyib qoʻydik».
Bu jinoyatchilar katta mansablarni egallab olib, odamlarni oʻz yoʻliga solish uchun turli hiyla-nayranglar qiladilar. Bu jinoyatchilar–katta jinoyatchilar. Ularning jinoyati Alloh taoloning haqhuquqlariga tajovuz qilishdir. Ular har kim Alloh hukmi ostida emas, oʻzlarining hukmi ostida yashashini istaydilar. Oʻzlari bir dastur tuzadilar, soʻngra odamlarni oʻshanga amal qilishga majbur etadilar. Allohning dasturi esa, boshqa tomonda qoladi. Bu katta jinoyatchilar, odamlar Allohning aytganini qoʻyib, mening aytganimda yursin, deydilar. Bu katta jinoyatchilar, xalqni boqyapman, deydilar. Yaʼni, oʻzlarini rizq beruvchi deb, his qiladilar. Ular oʻzlarining bu holda mustahkam turishlari uchun turli makr-hiylalarni ishga soladilar. Jumladan, insu jin shaytonlaridan keng foydalanadilar va bir- birlariga goʻzal soʻzlar aytib, oʻz qilmishlarini ziynatlab koʻrsatadilar. Hidoyat va iymon yoʻlini turli makr-hiylalar bilan toʻsadilar. Jumladan, oʻzlarini dinga moyil qilib koʻrsatish makrini ham ishlatadilar. Dinga haqiqiy xizmat qiluvchilarni esa, turli makr- hiylalar bilan yoʻq qiladilar. Allohning dini zohir boʻlmasligi uchun hamma imkoniyatlarni ishga soladilar. Ular, oʻzlaricha, qilayotgan makrlaridan xursand boʻladilar. Makr-hiyla ila odamlarni aldab, maqsadimga erishdim deb, gʻururlanib yuradilar. Lekin aslida:
«Ular, sezmagan holda, faqat oʻzlariga oʻzlari makr qilurlar, xolos».
Katta jinoyatchilarning dinga qarshi qilgan makr-hiylalari oʻzlarining boshiga yetadi. Chunki, ular dinga qarshi chiqish bilan Allohga qarshi chiqadilar. Allohni makr-hiyla bilan aldab boʻladimi? Balki, oʻsha kattakon jinoyatchi moʻminlarga qarshi makr- hiyla qilyapman deb, oʻziga-oʻzi makr qilgan boʻladi. Oʻzining halokatiga zamin yaratgan boʻladi. Moʻminlarni esa Alloh taoloning Oʻzi himoya qiladi.
Keyingi oyatda oʻsha kattakon jinoyatchilarning baʼzi ahvollari bayon qilinadi: