وَإِذَا جَآءَتْهُمْ ءَايَةٌ قَالُوا۟ لَن نُّؤْمِنَ حَتَّىٰ نُؤْتَىٰ مِثْلَ مَآ أُوتِىَ رُسُلُ ٱللَّهِ ۘ ٱللَّهُ أَعْلَمُ حَيْثُ يَجْعَلُ رِسَالَتَهُۥ ۗ سَيُصِيبُ ٱلَّذِينَ أَجْرَمُوا۟ صَغَارٌ عِندَ ٱللَّهِ وَعَذَابٌ شَدِيدٌۢ بِمَا كَانُوا۟ يَمْكُرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar ularga oyat kelsa, Allohning Payg`ambarlariga berilgan narsaga o`xshash narsa bizga ham berilmaguncha zinhor iymon keltirmasmiz, derlar. O`z Payg`ambarligini qayerga qo`yishni Allohning O`zi yaxshi biladir. Jinoyat qilganlarga qilgan makrlari uchun Allohning huzurida, albatta, xorlik va shiddatli azob bordir.Агар уларга оят келса, Аллоҳнинг Пайғамбарларига берилган нарсага ўхшаш нарса бизга ҳам берилмагунча зинҳор иймон келтирмасмиз, дерлар. Ўз Пайғамбарлигини қаерга қўйишни Аллоҳнинг Ўзи яхши биладир. Жиноят қилганларга қилган макрлари учун Аллоҳнинг ҳузурида, албатта, хорлик ва шиддатли азоб бордир.Alauddin Mansour: Qachon ularga (Muhammad alayhis-salotu vas-salomning paygʻambar ekanligi haqida) biron oyat kelsa: «To bizga ham Allohning paygʻambarlariga berilgan oyatlarga oʻxshash oyatlar berilmaguncha hargiz iymon keltirmaymiz», deydilar. Alloh paygʻambarlik vazifasini qayerga qoʻyishni yaxshiroq bilguvchidir. Yaqinda bunday jinoyatkorlarga qilib oʻtgan hiyla-nayranglari sababli Alloh huzurida xorlik va qattiq azob yetajakdir.Қачон уларга (Муҳаммад алайҳис-салоту вас-саломнинг пайғамбар эканлиги ҳақида) бирон оят келса: «То бизга ҳам Аллоҳнинг пайғамбарларига берилган оятларга ўхшаш оятлар берилмагунча ҳаргиз иймон келтирмаймиз», дейдилар. Аллоҳ пайғамбарлик вазифасини қаерга қўйишни яхшироқ билгувчидир. Яқинда бундай жинояткорларга қилиб ўтган ҳийла-найранглари сабабли Аллоҳ ҳузурида хорлик ва қаттиқ азоб етажакдир.
Yaʼni, oʻsha katta shaharlardagi kattakon jinoyatchilarga Qurʼon oyatlari oʻqib berilsa, ularni kattazanglik kibrlari tutadi: «Nima uchun mendan martabasi past bu odam Allohning oyatini menga yetkazadi? Nima uchun oyat toʻgʻridan-toʻgʻri mening oʻzimga kelmaydi?»– deb oʻylaydi. Boshqalar qatori oyatni eshitganda boʻyin egib, Allohning ibodatini qilsa, mansabidan, martabasidan tushib qoladiganga oʻxshaydi. Hamma qatori Allohga bandalik qilish ular uchun xorlikka oʻxshab ketadi. Shuning uchun, mutakabbirlik ila:
«Allohning Paygʻambarlariga berilgan narsaga oʻxshash narsa bizga ham berilmaguncha zinhor iymon keltirmasmiz, derlar».
Bunga oʻxshash gapni Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga kattakon jinoyatchilarning bobolaridan biri al-Valid ibn al-Mugʻiyra aytgan. U Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga: «Agar Paygʻambarlik haq boʻlsa, sendan koʻra men unga munosibroqman, chunki, mening sendan koʻra yoshim ham katta, molu dunyoim ham koʻp»,–degan.
Kattakon jinoyatchilarning bobolaridan yana biri Abu Jahl esa: «Allohga qasamki, unga (Muhammadga) rozi boʻlmaymiz va ergashmaymiz ham. Magar unga kelganga oʻxshab, bizga ham vahiy kelsa, mayli», degan.
Koʻrinib turibdiki, kattakon jinoyatchilar hamma narsa ularning xohishi bilan boʻlishini, oʻzlari hamma sohada ustun boʻlishlarini istaydilar. Hatto, Alloh beradigan Paygʻambarlik, diniy ilm ham oʻzlarining istagiga muvofiq boʻlishini talab qiladilar. Lekin:
«Oʻz Paygʻambarligini qayerga qoʻyishni Allohning Oʻzi yaxshi biladir».
Alloh bandalari ichidan boy-zodagon, mansabdor, mutakabbirlarini emas, balki, pok, ixlosli, omonatli, rostgoʻylarini tanlab olib, Paygʻambar qiladi. Paygʻambarga iymon keltirish va u Robbidan keltirgan amrlarga boʻysunish hammaning vazifasi. Hech kim bu ilohiy amrlardan boʻyin tovlash huquqiga ega emas. Agar u shahar va davlatlarning eng kattakoni boʻlsa ham. Kimki Paygʻambar keltirgan amrlarga boʻysunmasa, mansabi, davlati va molu dunyo, kuch-quvvatiga ishonib mutakabbirlik qilsa, turli makrlar qilishga oʻtsa:
«Jinoyat qilganlarga qilgan makrlari uchun Allohning huzurida, albatta, xorlik va shiddatli azob bordir».
Iymon va kufrning hamda hidoyat va zalolatning sirtqi ahvoli yuqorida zikr qilingan boʻlsa, kelasi oyatda ichki holati bayon etiladi: