QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят125

فَمَن يُرِدِ ٱللَّهُ أَن يَهْدِيَهُۥ يَشْرَحْ صَدْرَهُۥ لِلْإِسْلَـٰمِ ۖ وَمَن يُرِدْ أَن يُضِلَّهُۥ يَجْعَلْ صَدْرَهُۥ ضَيِّقًا حَرَجًا كَأَنَّمَا يَصَّعَّدُ فِى ٱلسَّمَآءِ ۚ كَذَٰلِكَ يَجْعَلُ ٱللَّهُ ٱلرِّجْسَ عَلَى ٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kimni Alloh hidoyat qilmoqchi bo`lsa, uning ko`ksini Islomga ochib qo`yadir. Kimni zalolatga ketkazishni iroda qilsa, uning ko`ksini xuddi osmonga ko`tarilayotgandek, tor va tang qilib qo`yadir. Shunday qilib, Alloh iymon keltirmaydiganlarga azobni duchor qilur.Кимни Аллоҳ ҳидоят қилмоқчи бўлса, унинг кўксини Исломга очиб қўядир. Кимни залолатга кетказишни ирода қилса, унинг кўксини худди осмонга кўтарилаётгандек, тор ва танг қилиб қўядир. Шундай қилиб, Аллоҳ иймон келтирмайдиганларга азобни дучор қилур.Alauddin Mansour: Alloh kimni hidoyat qilishni istasa, uning koʻnglini Islom uchun keng qilib qoʻyar. Kimni adashtirishni istasa, uning koʻnglini xuddi osmonga koʻtarilib ketayotgandek, tor va tang qilib qoʻyar. Shuningdek, Alloh iymonsiz kimsalarga razolatni (gʻolib) qilur.Аллоҳ кимни ҳидоят қилишни истаса, унинг кўнглини Ислом учун кенг қилиб қўяр. Кимни адаштиришни истаса, унинг кўнглини худди осмонга кўтарилиб кетаётгандек, тор ва танг қилиб қўяр. Шунингдек, Аллоҳ иймонсиз кимсаларга разолатни (ғолиб) қилур.

144-sahifa · 8-juz · 15-hizb144-саҳифа · 8-жуз · 15-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَمَنbas, kimniбас, кимниيُرِدِiroda qilsaирода қилсаٱللَّهُAllohАллоҳأَن(ki)(ки)يَهْدِيَهُۥuni hidoyat qilishniуни ҳидоят қилишниيَشْرَحْochib qoʻyadirочиб қўядирصَدْرَهُۥuning koʻksiniунинг кўксиниلِلْإِسْلَـٰمِ ۖIslomgaИсломгаوَمَنva kimniва кимниيُرِدْiroda qilsaирода қилсаأَن(ki)(ки)يُضِلَّهُۥuni zalolatga ketkazishniуни залолатга кетказишниيَجْعَلْqilib qoʻyadirқилиб қўядирصَدْرَهُۥuning koʻksiniунинг кўксиниضَيِّقًاtorторحَرَجًۭاva tangва тангكَأَنَّمَاxuddi goʻyoхудди гўёيَصَّعَّدُkoʻtarilayotgandekкўтарилаётгандекفِىichigaичигаٱلسَّمَآءِ ۚosmonосмонكَذَٰلِكَshunday qilibшундай қилибيَجْعَلُduchor qilurдучор қилурٱللَّهُAllohАллоҳٱلرِّجْسَazobni (nopoklikni)азобни (нопокликни)عَلَى-ga-гаٱلَّذِينَoʻshalarўшаларلَاemasэмасيُؤْمِنُونَiymon keltiradiganиймон келтирадиган
TafsirТафсир

Alloh taolo bandalaridan kimga hidoyatni ravo koʻrsa, oʻsha bandaning koʻksini keng qilib qoʻyadi. U banda iymon va Islomni keng qalb ila qabul qiladi. Uning uchun hamma narsa kulib boqayotgandek, hamma narsa oson va qulaydek tuyuladi.

«Kimni Alloh hidoyat qilmoqchi boʻlsa, uning koʻksini Islomga ochib qoʻyadir».

Aksincha, Alloh taolo kimga zalolat va kufrni ravo koʻrsa, uning qalbini tor va tang qilib qoʻyadi.

«Kimni zalolatga ketkazishni iroda qilsa, uning koʻksini xuddi osmonga koʻtarilayotgandek, tor va tang qilib qoʻyadir».

Iymon va Islom haqida biror gap eshitsa, siqilaveradi. Biror kishining namoz oʻqiganini koʻrsa yoki eshitsa ham, unga xuddi dunyo tor boʻlib qolgandek, boshqalarning dinga yurgani uning ziddiga boʻlayotgandek tuyulaveradi. Din qanchalik rivoj topsa, haligi kofirning yuragi shu qadar siqiladi va oʻzini noxush his etadi. Koʻnglining tor va tangligining zoʻrayishi dinning rivojiga munosib ravishda boʻladi: din qancha rivojlansa, uning koʻksi shuncha siqiladi, dinda qanchalik tushkunlik roʻy bersa, uning koʻksi shunchalik kengayadi.

Bunda ham uning holi xuddi osmonga koʻtarilayotgan odam koʻksining siqilishiga oʻxshaydi. Qanchalik yuqoriroq koʻtarilsa, shu qadar siqiladi, aksincha, qanchalik pastga tushsa, shunchalik kengayadi.

«Shunday qilib, Alloh iymon keltirmaydiganlarga azobni duchor qilur».

Ilm Qurʼoni Karimning ushbu oʻxshatishi katta ilmiy moʻʼjizaligini tasdiqladi. Ilm rivojlanib, odamlar fazoga uchadigan boʻlganlarida, inson qanchalik balandga koʻtarilsa, yuragi–koʻksi shunchalik siqilishi kashf etildi. Agar Qurʼon haqiqiy ilohiy kitob boʻlmaganda, bundan oʻn toʻrt asr avval bu ilmiy haqiqatni qanday qilib kashf etar edi?

Ulamolarning taʼkidlashlaricha, inson yer yuzida yurgan chogʻida uning jismiga muayyan havo bosimi taʼsir qilib turadi. Agar inson yer yuzidan koʻtarila boshlasa, ushbu bosim kamaya boradi. Koʻtarilish dengiz sathidan oʻn ikki kilometrga yetganda koʻksi siqilib, nafas olishi qiyinlashib, gapira olmay qoladi. Shuning uchun ham, fazogirlar maxsus kiyim kiyib oladilar.