وَهَـٰذَا صِرَٰطُ رَبِّكَ مُسْتَقِيمًا ۗ قَدْ فَصَّلْنَا ٱلْـَٔايَـٰتِ لِقَوْمٍ يَذَّكَّرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Mana shu, Robbingning to`g`ri yo`lidir. Ibrat oluvchi qavm uchun oyatlarni batafsil bayon qildik.Мана шу, Роббингнинг тўғри йўлидир. Ибрат олувчи қавм учун оятларни батафсил баён қилдик.Alauddin Mansour: Mana shu Parvardigoringizning Toʻgʻri Yoʻlidir. Eslatma-ibrat olguvchi qavm uchun oyatlarni batafsil qildik.Мана шу Парвардигорингизнинг Тўғри Йўлидир. Эслатма-ибрат олгувчи қавм учун оятларни батафсил қилдик.
Yuqorida zikr qilingan yoʻl–toʻgʻri yoʻldir. Bu yoʻl–Allohning, Robbimizning yoʻli. Islom yoʻli. Tinchlik-omonlik yoʻli. Alloh taolo ibrat oluvchi, esi-hushi joyida, aqlini ishlatadigan kishilar uchun oyatlarini batafsil bayon qilib qoʻygan. Bunday kishilar saodatmand kishilardir.