QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят127

۞ لَهُمْ دَارُ ٱلسَّلَـٰمِ عِندَ رَبِّهِمْ ۖ وَهُوَ وَلِيُّهُم بِمَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularga Robbilari huzurida dorus-salom (tinchlik uyi) bordir. U zot qilgan ishlari uchun ularning do`stidir.Уларга Роббилари ҳузурида дорус-салом (тинчлик уйи) бордир. У зот қилган ишлари учун уларнинг дўстидир.Alauddin Mansour: Ular uchun Parvardigorlari huzurida dorus-salom (tinchlik diyori yaʼni, jannat) bordir. Qilib oʻtgan yaxshi amallari sababli U zot (Alloh) ularning doʻstidir.Улар учун Парвардигорлари ҳузурида дорус-салом (тинчлик диёри яъни, жаннат) бордир. Қилиб ўтган яхши амаллари сабабли У зот (Аллоҳ) уларнинг дўстидир.

144-sahifa · 8-juz · 15-hizb144-саҳифа · 8-жуз · 15-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ لَهُمْulargaуларгаدَارُuyiуйиٱلسَّلَـٰمِtinchlik (dorus-Salom)тинчлик (дорус-Салом)عِندَhuzuridaҳузуридаرَبِّهِمْ ۖRobbilariРоббилариوَهُوَva U zotва У зотوَلِيُّهُمularning doʻstidirуларнинг дўстидирبِمَاuchunучунكَانُوا۟qilganқилганيَعْمَلُونَishlariишлари
TafsirТафсир

Yaʼni, ibrat oladigan, moʻmin-musulmon bandalarga Alloh taoloning huzurida dorus-Salom–jannat bordir. Bu dunyoda qilgan yaxshi ishlari uchun Alloh taolo ularga doʻst boʻlur. Zotan, jannatga erishish va Alloh taologa doʻst boʻlish har bir moʻminning oliy maqsadidir.

Moʻminlarning oqibati nima boʻlishi bayon etilgandan soʻng, keyingi oyatlarda kofirlarning–insu jin shaytonlarining va ularga ergashganlarning holi bayon qilinadi: