وَيَوْمَ يَحْشُرُهُمْ جَمِيعًا يَـٰمَعْشَرَ ٱلْجِنِّ قَدِ ٱسْتَكْثَرْتُم مِّنَ ٱلْإِنسِ ۖ وَقَالَ أَوْلِيَآؤُهُم مِّنَ ٱلْإِنسِ رَبَّنَا ٱسْتَمْتَعَ بَعْضُنَا بِبَعْضٍ وَبَلَغْنَآ أَجَلَنَا ٱلَّذِىٓ أَجَّلْتَ لَنَا ۚ قَالَ ٱلنَّارُ مَثْوَىٰكُمْ خَـٰلِدِينَ فِيهَآ إِلَّا مَا شَآءَ ٱللَّهُ ۗ إِنَّ رَبَّكَ حَكِيمٌ عَلِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularning hammasini to`playdigan kunda: «Ey, jinlar jamoasi, insdan (adashtirganlaringizni) ko`paytirvordingiz?!» – der. Ularning insdan bo`lgan do`stlari: «Ey Robbimiz, biz bir-birimizdan huzur topdik va bizga belgilagan ajalingga yetib keldik», – derlar. U zot: «Qaytar joyingiz do`zaxdir. Magar Alloh xohlasa (qolmaysiz)», – der. Albatta, Robbing hikmatli va bilimli Zotdir.Уларнинг ҳаммасини тўплайдиган кунда: «Эй, жинлар жамоаси, инсдан (адаштирганларингизни) кўпайтирвордингиз?!» – дер. Уларнинг инсдан бўлган дўстлари: «Эй Роббимиз, биз бир-биримиздан ҳузур топдик ва бизга белгилаган ажалингга етиб келдик», – дерлар. У зот: «Қайтар жойингиз дўзахдир. Магар Аллоҳ хоҳласа (қолмайсиз)», – дер. Албатта, Роббинг ҳикматли ва билимли Зотдир.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, eslang, Alloh) ularning barchalarini toʻplaydigan kunda: «Ey jinlar jamoasi, insonlardan juda koʻpini (adashtirdingiz)», der. Shunda u jinlarning insonlardan boʻlgan doʻstlari: «Parvardigoro, bizlar bir-birimizdan foydalandik va Oʻzing biz uchun belgilab qoʻygan ajalimizga yetib keldik», deganlarida, Alloh aytur: «Joyingiz doʻzaxdir! Unda abadiy qolursiz, magar Allohniig xohishi bilangina (chiqishingiz mumkin)». Albatta, Parvardigoringiz hikmat va bilim Sohibidir.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, эсланг, Аллоҳ) уларнинг барчаларини тўплайдиган кунда: «Эй жинлар жамоаси, инсонлардан жуда кўпини (адаштирдингиз)», дер. Шунда у жинларнинг инсонлардан бўлган дўстлари: «Парвардигоро, бизлар бир-биримиздан фойдаландик ва Ўзинг биз учун белгилаб қўйган ажалимизга етиб келдик», деганларида, Аллоҳ айтур: «Жойингиз дўзахдир! Унда абадий қолурсиз, магар Аллоҳнииг хоҳиши билангина (чиқишингиз мумкин)». Албатта, Парвардигорингиз ҳикмат ва билим Соҳибидир.
Ushbu oyati karimada taʼrif etilayotgan sahna qiyomat kuni sahnasidir. U kun oyatda:
«Ularning hammasini toʻplaydigan kun» deb taʼriflanyapti. Yaʼni, Alloh insu jinlarning hammasini jamlaydigan kun. Demak, qiyomat kuni Alloh taolo inslarni–odamlarni jamlaganidek, jinlarni ham jamlaydi. Shunda, kofir jinlarga Alloh:
«Ey, jinlar jamoasi, insdan (adashtirganlaringizni) koʻpaytirvordingiz?!» – der».
Bu gap jinlarga qilgan ishlari haqida xabar berish emas, balki qilgan amallarini tanqid qilish, qoralash uchun aytiladi. Chunki, oʻzlarining vasvasasi va igʻvolariga uchgan odam bolalari koʻp ekanini jinlar yaxshi biladilar. Alloh taolo bu gapni jinlarga aytgan boʻlsa ham, javobini oʻsha jinlarga ergashgan, ularga valiydoʻst boʻlgan odamlar beradi:
«Ularning insdan boʻlgan doʻstlari: «Ey Robbimiz, biz birbirimizdan huzur topdik va bizga belgilagan ajalingga yetib keldik», – derlar».
Demak, jinlar odamlarni yoʻldan urib, igʻvo qilib, yomon yoʻlga yurgizib huzur-halovat olgan va rohatlanganlar. Jinlar fitnasiga uchib kofir va gunohkor boʻlgan odamlar esa, ularning ziynatlab koʻrsatgan, havoyi nafsni qondiruvchi ishlarini bajarib huzur qilganlar. Bular irodasi zaif, gʻofil, havoyi nafsga berilgan, shahvatparast odamlar boʻlganlar. Shayton ularning ushbu zaif joylaridan tutib, igʻvosiga uchirgan va oʻziga malay qilib olib, har koʻyga solgan, bu dunyoda maqsadlariga erishish yoʻlida ulardan foydalanib huzur qilgan. Shaytonga malay boʻlgan insonlar u ziynatlab koʻrsatgan mafkuralarni oʻziniki qilib, besh kunlik hayotlarida havoyi nafsini qondirish yoʻlida oshkora va maxfiy gunohlarni ishlab, oʻzlaricha, huzur qilyapmiz deb yuraverganlar. Ular hayotlarini shunday qilib oʻtkazganlar. Endi esa, hamma narsani tushunib yetib:
«...bizga belgilagan ajalingga yetib keldik»,–deb turibdilar.
Yetib kelishgani aniq. Ana endi ulardan har biri, ham insi, ham jini oʻz qilmishiga yarasha adolatli jazosini topadi.
«U zot: «Qaytar joyingiz doʻzaxdir. Magar Alloh xohlasa (qolmaysiz)», – der».
Bu hol oqibati sizga u dunyoda ham aytilgan edi. Ammo, quloq solmadingiz. Mana endi, oʻsha aytilgan jazo muqarrar boʻldi. Sizning makoningiz olovli doʻzax boʻladi. Faqat, irodasi cheksiz Alloh boshqa narsani xohlasagina, abadiy boʻlmasligi mumkin.
«Albatta, Robbing hikmatli va bilimli Zotdir».
Uning har bir ishi hikmatdan holi emas. U hamma ishini bilim ila qiladi.