وَكَذَٰلِكَ نُوَلِّى بَعْضَ ٱلظَّـٰلِمِينَ بَعْضًۢا بِمَا كَانُوا۟ يَكْسِبُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Shunday qilib, qilgan kasblariga binoan zolimlarni bir-birlariga do`st qilurmiz.Шундай қилиб, қилган касбларига биноан золимларни бир-бирларига дўст қилурмиз.Alauddin Mansour: Shuningdek, qilib yurgan gunohlari sababli zolim kimsalarni bir-birlariga doʻst qilib qoʻyurmiz.Шунингдек, қилиб юрган гуноҳлари сабабли золим кимсаларни бир-бирларига дўст қилиб қўюрмиз.
Yaʼni, yuqorida zikr qilingan jinlar va ularga ergashgan inslarni doʻst qilganimizdek, tabiatiga, mafkurasiga, qiziqishiga, maqsadiga, niyatiga qarab zolimlarni ham bir-birlariga doʻst qilib qoʻyamiz. Oʻsha zolimlar birlashib olib, Islomga va musulmonlarga qarshi turli igʻvo va fitnalarni qoʻziyveradilar.
Zulmning eng ulugʻi kufrdir. Kim Allohga ishonib, iymon keltirib, moʻmin boʻlmasa, hamma ishda unga taslim boʻlib, musulmon boʻlmasa, oʻsha zolimdir. Shundan kelib chiqib, moʻmin-musulmonlardan oʻzgalar din-diyonat masalasidagi zolimlardir. Ushbu oyati karima dalolatiga binoan, bu zolimlar bir-birlariga doʻstdirlar. Ular Islomga qarshi bir-birlari bilan doʻstlashadilar. Ular oʻzaro boshqa masalalarda bir-birlari bilan kelisha olmasliklari, bir- birlariga dushman boʻlishlari mumkin. Ammo, Allohning dini boʻlmish Islomga qarshi birlashadilar, doʻst boʻladilar. Qadimdan shunday boʻlib kelmoqda. Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam davrlaridagi zolimlar ham Islomga qarshi birlashib doʻst boʻlgan edilar. Zamon oʻtib yangi zolimlar paydo boʻldi, xudosizlar, kommunistlar va boshqalar kufr sahnasiga chiqdi. Ammo, hammalari Islomga qarshi ittifoq tuzishni davom ettirmoqdalar.
Oʻrtada kelgan, tanbeh kabi bir oyatdan keyin, yana avvalgi oyatdagi qiyomat sahnasining tavsifi davom etadi. Hamma insu jinlar jamlangan kunda Alloh taoloning ularga qarata beradigan inkoriy savollari davom etadi: