QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят130

يَـٰمَعْشَرَ ٱلْجِنِّ وَٱلْإِنسِ أَلَمْ يَأْتِكُمْ رُسُلٌ مِّنكُمْ يَقُصُّونَ عَلَيْكُمْ ءَايَـٰتِى وَيُنذِرُونَكُمْ لِقَآءَ يَوْمِكُمْ هَـٰذَا ۚ قَالُوا۟ شَهِدْنَا عَلَىٰٓ أَنفُسِنَا ۖ وَغَرَّتْهُمُ ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَا وَشَهِدُوا۟ عَلَىٰٓ أَنفُسِهِمْ أَنَّهُمْ كَانُوا۟ كَـٰفِرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Ey, jin va ins jamoalari, sizlarga o`zingizdan bo`lgan Payg`ambarlar kelib, oyatlarimni sizga aytib bermadilarmi, sizlarni ushbu kuningizga duchor bo`lishingiz haqida ogohlantirmadilarmi?» Ular: «O`zimizga qarshi guvohlik berdik», – derlar. Ularni dunyo hayoti g`ururga ketkazdi va o`zlariga qarshi, kofir bo`lganlarini aytib, guvohlik berdilar.«Эй, жин ва инс жамоалари, сизларга ўзингиздан бўлган Пайғамбарлар келиб, оятларимни сизга айтиб бермадиларми, сизларни ушбу кунингизга дучор бўлишингиз ҳақида огоҳлантирмадиларми?» Улар: «Ўзимизга қарши гувоҳлик бердик», – дерлар. Уларни дунё ҳаёти ғурурга кетказди ва ўзларига қарши, кофир бўлганларини айтиб, гувоҳлик бердилар.Alauddin Mansour: Ey jin va ins jamoasi, sizlarga oʻzlaringizdan boʻlgan paygʻambarlar Mening oyatlarimni soʻzlagan va sizlarni mana shu (yaʼni, Qiyomat) kuningizdagi uchrashuvdan qoʻrqitgan hollarida kelmadilarmi? Ular: «Oʻzimizning ziyonimizga guvohmiz (yaʼni, oʻsha paygʻambarlar kelgan edi)», dedilar. Ularni hayoti dunyo aldab qoʻydi va kofir ekanliklari haqida oʻzlariga qarshi guvohlik berdilar.Эй жин ва инс жамоаси, сизларга ўзларингиздан бўлган пайғамбарлар Менинг оятларимни сўзлаган ва сизларни мана шу (яъни, Қиёмат) кунингиздаги учрашувдан қўрқитган ҳолларида келмадиларми? Улар: «Ўзимизнинг зиёнимизга гувоҳмиз (яъни, ўша пайғамбарлар келган эди)», дедилар. Уларни ҳаёти дунё алдаб қўйди ва кофир эканликлари ҳақида ўзларига қарши гувоҳлик бердилар.

144-sahifa · 8-juz · 15-hizb144-саҳифа · 8-жуз · 15-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰمَعْشَرَey jamoalariэй жамоалариٱلْجِنِّjinжинوَٱلْإِنسِva insва инсأَلَمْemasmiэмасмиيَأْتِكُمْsizlarga kelganсизларга келганرُسُلٌۭPaygʻambarlarПайғамбарларمِّنكُمْoʻzingizdan boʻlganўзингиздан бўлганيَقُصُّونَaytib beribайтиб берибعَلَيْكُمْsizgaсизгаءَايَـٰتِىoyatlarimniоятларимниوَيُنذِرُونَكُمْva sizlarni ogohlantiribва сизларни огоҳлантирибلِقَآءَduchor boʻlishingizdanдучор бўлишингизданيَوْمِكُمْkuningizgaкунингизгаهَـٰذَا ۚushbuушбуقَالُوا۟ular dedilarулар дедиларشَهِدْنَاguvohlik berdikгувоҳлик бердикعَلَىٰٓqarshiқаршиأَنفُسِنَا ۖoʻzimizgaўзимизгаوَغَرَّتْهُمُva ularni gʻururga ketkazdiва уларни ғурурга кетказдиٱلْحَيَوٰةُhayotiҳаётиٱلدُّنْيَاdunyoдунёوَشَهِدُوا۟va guvohlik berdilarва гувоҳлик бердиларعَلَىٰٓqarshiқаршиأَنفُسِهِمْoʻzlarigaўзларигаأَنَّهُمْalbatta ularалбатта уларكَانُوا۟edilarэдиларكَـٰفِرِينَkofirкофир
TafsirТафсир

Ushbu oyatda jin va ins–odam jamoalariga Alloh taolo tomonidan berilayotgan savol ularga oʻzlaridan boʻlgan Paygʻambarlar borgan-bormaganini bilish uchun emas. Chunki, Alloh taolo Paygʻambarlarni yuborganini juda yaxshi biladi. Ammo, savol jinu inslarga oʻzlaridan boʻlgan Paygʻambarlar kelganiga ularni iqror qildirish uchun berilmoqda. Qiyomat kunida butun maxluqot mahshar maydonida toʻplanganida kofir jinlar va kofir inslarning iqror boʻlib, ayblarini boʻyinlariga olib, oʻzlari oʻzlariga qarshi guvohlik berishlari uchun shunday savol tashlanmoqda.

Kofirlarning holi, oqibati–shu. Bu dunyoda qanchalik kerilmasinlar, qanchalik gerdaymasinlar, nechogʻli maqtanib, dinga, diyonatga, Islomga va musulmonlarga qarshi dushmanlik qilmasinlar, vaqti-soati kelib oʻzlari oʻzlariga qarshi guvohlik beradilar. Qiyomat kuni Alloh taolo ulardan:

«Ey, jin va ins jamoalari, sizlarga oʻzingizdan boʻlgan Paygʻambarlar kelib, oyatlarimni sizga aytib bermadilarmi, sizlarni ushbu kuningizga duchor boʻlishingiz haqida ogohlantirmadilarmi?»–deb soʻraganda:

«Ular: «Oʻzimizga qarshi guvohlik berdik», – derlar».

Yaʼni, iqrormiz, bizga oʻzimizdan chiqqan Paygʻambarlar kelib, oyatlaringni aytib berdilar va ushbu qiyomat kuniga duchor boʻlishimiz haqida ogohlantirganlar, deydilar.

«Ularni dunyo hayoti gʻururga ketkazdi va oʻzlariga qarshi, kofir boʻlganlarini aytib, guvohlik berdilar».

Ushbu oyatda jinlar jamoasiga Paygʻambarlar kelganiga ishora qiluvchi maʼno bor. Ammo, boshqa oʻrinlarda bu haqda aniq oyat yoki hadis yoʻq. Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ham inslarga, ham jinlarga Paygʻambar ekanliklari Qurʼonda ham, sunnatda ham, voqelikda ham sobit haqiqat.

Demak, kofir jin va inslar qiyomat kunida yuqorida taʼriflangan nochor holga tushadilar. Ularning bu koʻyga tushishlariga dunyodagi amaliyotlari sabab boʻlgan. Chunki, bu dunyoda:

«Ularni dunyo hayoti gʻururga ketkazdi».

Ular dunyo hayoti matohlariga aldandilar. Uning ketidan yurib, kofir va osiy boʻldilar. Oxir-oqibat:

«...oʻzlariga qarshi, kofir boʻlganliklarini aytib, guvohlik berdilar».

Bu esa, ular oʻzlarini himoya qilishga hech qanday bahona topa olmay, noiloj qolishlarining yorqin dalilidir.

Alloh taolo barchani ana shunday qilib ogohlantiradi, Paygʻambar yuboradi va bandalarning oʻzlarini iqror qildiradi. Zero, ilohiy qonun–shu.