وَلِكُلٍّ دَرَجَـٰتٌ مِّمَّا عَمِلُوا۟ ۚ وَمَا رَبُّكَ بِغَـٰفِلٍ عَمَّا يَعْمَلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Har kimga qilganlariga yarasha daraja bordir. Va Robbing ularning qilayotgan amallaridan g`ofil emasdir.Ҳар кимга қилганларига яраша даража бордир. Ва Роббинг уларнинг қилаётган амалларидан ғофил эмасдир.Alauddin Mansour: Har kim uchun qilgan amallaridan darajot-savoblar bor. Parvardigoringiz ularning qilayotgan amallaridan gʻofil emasdir.Ҳар ким учун қилган амалларидан даражот-савоблар бор. Парвардигорингиз уларнинг қилаётган амалларидан ғофил эмасдир.
Moʻmin boʻlsin, kofir boʻlsin–hammaning qilgan amaliga yarasha martabasi bor. Iymon keltirib, yaxshi amal qilganlarga jannatdagi oliy darajalar, yuksak martabalar beriladi. Kofir boʻlib, osiylik, gunohkorlik qilganlarga esa, doʻzaxdagi past darajalar, azob-uqubatlar bor. Har kim nima qilsa, oʻzi uchun qiladi. Alloh taolo hech qachon bandalarning iymoni va ibodatidan manfaatdor boʻlmaydi yoxud kufr-isyonidan zarar koʻrmaydi. Balki: