QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят133

وَرَبُّكَ ٱلْغَنِىُّ ذُو ٱلرَّحْمَةِ ۚ إِن يَشَأْ يُذْهِبْكُمْ وَيَسْتَخْلِفْ مِنۢ بَعْدِكُم مَّا يَشَآءُ كَمَآ أَنشَأَكُم مِّن ذُرِّيَّةِ قَوْمٍ ءَاخَرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Robbing behojat va rahmat sohibi bo`lgan Zotdir. Agar xohlasa, xuddi sizlarni boshqa qavmlar zurriyotidan paydo qilganidek, sizlarni ketkazib, ortingizdan nimani xohlasa, o`rinbosar qilib keltirur.Ва Роббинг беҳожат ва раҳмат соҳиби бўлган Зотдир. Агар хоҳласа, худди сизларни бошқа қавмлар зурриётидан пайдо қилганидек, сизларни кетказиб, ортингиздан нимани хоҳласа, ўринбосар қилиб келтирур.Alauddin Mansour: Parvardigoringiz behojat va mehribondir. (Ey zolimlar), agar U zot xohlasa xuddi sizlarni boshqa qavmning zurriyotidan paydo qilgani kabi sizlarni ketkazib, ortingizdan istagan xalqni xalifa — oʻrinbosar qilur.Парвардигорингиз беҳожат ва меҳрибондир. (Эй золимлар), агар У зот хоҳласа худди сизларни бошқа қавмнинг зурриётидан пайдо қилгани каби сизларни кетказиб, ортингиздан истаган халқни халифа — ўринбосар қилур.

145-sahifa · 8-juz · 15-hizb145-саҳифа · 8-жуз · 15-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَرَبُّكَva Robbingва Роббингٱلْغَنِىُّbehojat zotdirбеҳожат зотдирذُوsohibiсоҳибиٱلرَّحْمَةِ ۚrahmatраҳматإِنagarагарيَشَأْxohlasaхоҳласаيُذْهِبْكُمْsizlarni ketkazadiсизларни кетказадиوَيَسْتَخْلِفْva oʻrinbosar keltiradiва ўринбосар келтирадиمِنۢ-dan-данبَعْدِكُمortingizортингизمَّاnimaniниманиيَشَآءُxohlasaхоҳласаكَمَآxuddi -dekхудди -декأَنشَأَكُمsizlarni paydo qilganiсизларни пайдо қилганиمِّن-dan-данذُرِّيَّةِzurriyotiзурриётиقَوْمٍqavmlarқавмларءَاخَرِينَboshqaбошқа
TafsirТафсир

Alloh taoloning bandalarga hech qanday hojati yoʻq. Ularning iymoni va ibodati, yaxshi amallaridan Alloh taoloda nima hojat boʻlishi mumkin? Agar dunyodagi hamma insonlar yer yuzidagi eng taqvodor kishining qalbiga ega boʻlib, shunga yarasha amal qilsalar ham, Alloh, xazinasiga zarracha narsa qoʻshilib qolmaydi. Shuningdek, dunyodagi hamma insonlar dunyodagi eng fojir, eng osiy insonning qalbiga ega boʻlsalar, shunga yarasha gunohlar qilsalar ham, Allohning xazinasidan zarracha narsa kamayib qolmaydi.

Alloh taolo rahmat sohibi boʻlgan Zot. Odamlarning bu dunyoda yurishlarining oʻzi ham Allohning rahmatidan. U Oʻz rahmatini Oʻzi xohlagan bandalariga beradi. Hozirgi paytda yashab turgan odamlarni avval oʻtgan kishilar zurriyotidan paydo qilganligi ham hammaga maʼlum. Yaʼni, Alloh Oʻzi xohlab shunday qilgan. Bandalarga hojatmandligidan emas. Shuningdek, hozirgi avlod odamlariga ham hech qanday hojati yoʻqdir. Agar Alloh xohlasa, bu avlodni ham koʻtarib, yoʻq qilib, oʻrniga Oʻzi xohlagan narsani keltira oladi. Demak, Alloh bandalarga emas, bandalar Allohga hojatmanddirlar. Ular oʻzlarining dunyoga kelishlarida Allohga hojatmand boʻlganlari kabi, bu dunyoda yashashlarida ham, har lahzada, har narsada hojatmanddirlar. Alloh esa, Oʻz rahmati ila ularning hojatlarini ravo qiladi. Allohning bandalariga nisbatan rahmatining eng yuqori choʻqqisi, ularga Paygʻambarlari orqali din–shariat yuborishi. Dinga yurmaganlar oʻsha oliy maqom neʼmatdan yuz oʻgirganlar boʻladilar. Oʻzlariga yomonlik qiladilar. Qiyomatda hollari yomon boʻladi.