إِنَّ مَا تُوعَدُونَ لَـَٔاتٍ ۖ وَمَآ أَنتُم بِمُعْجِزِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, sizga va'da qilingan narsa keluvchidir. Sizlar esa U zotni ojiz qoldiruvchi emassiz.Албатта, сизга ваъда қилинган нарса келувчидир. Сизлар эса У зотни ожиз қолдирувчи эмассиз.Alauddin Mansour: Albatta, sizlarga vaʼda qilinayotgan narsa (qayta tirilish, Oxirat, Qiyomat Kuni) hech shak-shubhasiz, keluvchidir. Sizlar (Allohni) ojiz qila olguvchi emassiz.Албатта, сизларга ваъда қилинаётган нарса (қайта тирилиш, Охират, Қиёмат Куни) ҳеч шак-шубҳасиз, келувчидир. Сизлар (Аллоҳни) ожиз қила олгувчи эмассиз.
Yaʼni, albatta, sizga vaʼda qilingan qiyomat kuni, hisob-kitob, jazo va mukofot kelgusidir. Kelmasligi mumkin emas. U paytda siz Allohni ojiz qoldirib, qochib qutula olmaysiz. Albatta, qilganingizga yarasha jazoingizni olasiz.