QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят135

قُلْ يَـٰقَوْمِ ٱعْمَلُوا۟ عَلَىٰ مَكَانَتِكُمْ إِنِّى عَامِلٌ ۖ فَسَوْفَ تَعْلَمُونَ مَن تَكُونُ لَهُۥ عَـٰقِبَةُ ٱلدَّارِ ۗ إِنَّهُۥ لَا يُفْلِحُ ٱلظَّـٰلِمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Ey qavmim, o`rningizda amalingizni qilavering. Men ham amal qiluvchiman. Tezda oxirat hovlisi oqibati kimning foydasiga bo`lishini bilasiz. Albatta, zolimlar najot topmaslar», – deb ayt.Сен: «Эй қавмим, ўрнингизда амалингизни қилаверинг. Мен ҳам амал қилувчиман. Тезда охират ҳовлиси оқибати кимнинг фойдасига бўлишини биласиз. Албатта, золимлар нажот топмаслар», – деб айт.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Ey qavmim, joyingizdan jilmay (yaʼni, kufringizdan qaytmay) amalingizni qilavering. Men ham (Parvardigorim buyurgan) amalni qilguvchiman. Bas, yaqinda Oxirat diyoridagi oqibat kimning foydasiga boʻlishini bilajaksiz. Shubhasiz, zolim kimsalar najot topmaslar».(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), айтинг: «Эй қавмим, жойингиздан жилмай (яъни, куфрингиздан қайтмай) амалингизни қилаверинг. Мен ҳам (Парвардигорим буюрган) амални қилгувчиман. Бас, яқинда Охират диёридаги оқибат кимнинг фойдасига бўлишини билажаксиз. Шубҳасиз, золим кимсалар нажот топмаслар».

145-sahifa · 8-juz · 15-hizb145-саҳифа · 8-жуз · 15-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلْsen aytсен айтيَـٰقَوْمِey qavmimэй қавмимٱعْمَلُوا۟amalingizni qilaveringамалингизни қилаверингعَلَىٰ-da-даمَكَانَتِكُمْoʻrningizўрнингизإِنِّىalbatta menалбатта менعَامِلٌۭ ۖamal qiluvchimanамал қилувчиманفَسَوْفَbas, tezdaбас, тездаتَعْلَمُونَbilasizбиласизمَنkimкимتَكُونُboʻlishiniбўлишиниلَهُۥuning foydasigaунинг фойдасигаعَـٰقِبَةُoqibatiоқибатиٱلدَّارِ ۗoxirat hovlisiохират ҳовлисиإِنَّهُۥalbattaалбаттаلَاemasэмасيُفْلِحُnajot topadiganнажот топадиганٱلظَّـٰلِمُونَzolimlarзолимлар
TafsirТафсир

Bu oyatda Paygʻambarimizga amr qilib, ushbu gaplarni aytish topshirilmoqda:

«Ey qavmim, oʻrningizda amalingizni qilavering».

Yaʼni, kufringizda davom etavering. Oʻzingizcha, biz toʻgʻri yoʻldamiz, degan fikrdasizlar.

«Men ham amal qiluvchiman».

Oʻz navbatida, men ham amalimda davom etaveraman. Men ham oʻzimni toʻgʻri yoʻlda deb bilaman. Bu dunyoda har kim oʻzining gapini toʻgʻri deb daʼvo qiladi. Ammo tezda kim haq, kim nohaq ekanini bildiradigan ajrim vaqti keladi. Oʻshanda koʻramiz:

«Tezda oxirat hovlisi oqibati kimning foydasiga boʻlishini bilasiz».

Yaʼni, qiyomat qoyim boʻlganda, jannat kimning foydasiga boʻlishini bilasiz. Lekin bilib qoʻyingki:

«Albatta, zolimlar najot topmaslar».

Kofirlik, dinsizlik va osiylikdan ortiqroq zulm yoʻq. Demak, har narsa ayon.

Endigi oyatlarda oʻsha zolimlardan baʼzilarining qilmishlaridan dalil keltiriladi: