QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят136

وَجَعَلُوا۟ لِلَّهِ مِمَّا ذَرَأَ مِنَ ٱلْحَرْثِ وَٱلْأَنْعَـٰمِ نَصِيبًا فَقَالُوا۟ هَـٰذَا لِلَّهِ بِزَعْمِهِمْ وَهَـٰذَا لِشُرَكَآئِنَا ۖ فَمَا كَانَ لِشُرَكَآئِهِمْ فَلَا يَصِلُ إِلَى ٱللَّهِ ۖ وَمَا كَانَ لِلَّهِ فَهُوَ يَصِلُ إِلَىٰ شُرَكَآئِهِمْ ۗ سَآءَ مَا يَحْكُمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular Allohga Uning O`zi yaratgan ekinlar va chorvalardan nasiba ajratdilar va o`zlaricha: «Bu Allohga, bu esa butlarimizga», – dedilar. Bas, butlariga bo`lgan narsa Allohga yetmas. Allohga bo`lgan narsa esa, butlariga yetadir. Chiqargan hukmlari qanday ham yomon-a?!Улар Аллоҳга Унинг Ўзи яратган экинлар ва чорвалардан насиба ажратдилар ва ўзларича: «Бу Аллоҳга, бу эса бутларимизга», – дедилар. Бас, бутларига бўлган нарса Аллоҳга етмас. Аллоҳга бўлган нарса эса, бутларига етадир. Чиқарган ҳукмлари қандай ҳам ёмон-а?!Alauddin Mansour: (Mushriklar) Alloh uchun Uning Oʻzi yaratgan ekin va chorvalardan bir ulush ajratib, oʻzlaricha: «Bu Alloh uchun, bu (qolgani) esa butlarimiz uchun», dedilar. Endi butlari uchun boʻlgan ulush Alloh (ulushiga) qoʻshilmaydi. Alloh uchun boʻlgan ulush esa butlariga qoʻshilaveradi. Naqadar yomon hukm chiqaradilar-a!(Мушриклар) Аллоҳ учун Унинг Ўзи яратган экин ва чорвалардан бир улуш ажратиб, ўзларича: «Бу Аллоҳ учун, бу (қолгани) эса бутларимиз учун», дедилар. Энди бутлари учун бўлган улуш Аллоҳ (улушига) қўшилмайди. Аллоҳ учун бўлган улуш эса бутларига қўшилаверади. Нақадар ёмон ҳукм чиқарадилар-а!

145-sahifa · 8-juz · 15-hizb145-саҳифа · 8-жуз · 15-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَجَعَلُوا۟va ajratdilarва ажратдиларلِلَّهِAllohgaАллоҳгаمِمَّاnarsadanнарсаданذَرَأَU yaratganУ яратганمِنَ-dan-данٱلْحَرْثِekinlarэкинларوَٱلْأَنْعَـٰمِva chorvalarва чорваларنَصِيبًۭاnasibaнасибаفَقَالُوا۟bas, dedilarбас, дедиларهَـٰذَاbuбуلِلَّهِAllohgaАллоҳгаبِزَعْمِهِمْoʻzlaricha daʼvo qilibўзларича даъво қилибوَهَـٰذَاva bu esaва бу эсаلِشُرَكَآئِنَا ۖbutlarimizgaбутларимизгаفَمَاbas, narsaбас, нарсаكَانَboʻlganбўлганلِشُرَكَآئِهِمْbutlarigaбутларигаفَلَاemasэмасيَصِلُyetadiganетадиганإِلَى-ga-гаٱللَّهِ ۖAllohАллоҳوَمَاva narsaва нарсаكَانَboʻlganбўлганلِلَّهِAllohgaАллоҳгаفَهُوَbas, uбас, уيَصِلُyetadirетадирإِلَىٰ-ga-гаشُرَكَآئِهِمْ ۗbutlarigaбутларигаسَآءَqanday ham yomonқандай ҳам ёмонمَاnarsaнарсаيَحْكُمُونَular hukm qilayotganулар ҳукм қилаётган
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada va undan keyin keladigan oyatlarda sof Islom aqiydasiga va shariat koʻrsatmalariga ega boʻlmagan odamlar qanchalik adashishlari, zalolatga ketishlari mumkinligi yaqqol koʻrinadi.

Arab mushriklari ularning tamsilchisi hisoblanadilar. Ularning ekinlardan, chorva hayvonlaridan Allohga nasiba ajratish odatlari bor edi.

«Ular Allohga Uning Oʻzi yaratgan ekinlar va chorvalardan nasiba ajratdilar va oʻzlaricha: «Bu Allohga, bu esa, butlarimizga», – dedilar».

Shu bilan birga, butlariga ham oʻsha ekinlardan va chorva hayvonlaridan nasiba ajratar edilar. Agar Allohga ajratgan narsalari butlariga ajratgan narsalariga qoʻshilib ketsa, mayli, deb qoʻyar edilar. Ammo butlariga ajratgan nasibadan Allohga ajratilganiga qoʻshilib ketsa, Alloh bunga muhtoj emas deb, qaytarib olishardi.

Bu ish aslida mantiqsiz, qoʻpolroq qilib aytadigan boʻlsak, axmoqona ish edi. Dunyodagi hamma narsalarni, shu jumladan, ekinlar va hayvonlarni ham Allohning Oʻzi yaratgan, qanday qilib ulardan oʻz xoliqiga nasiba ajratiladi?! «Bu Allohga, bu esa, butlarimizga», deyishlari nimasi? Ularning bu amallari notoʻgʻri.

«Bas, butlariga boʻlgan narsa Allohga yetmas. Allohga boʻlgan narsa esa, butlariga yetadir».

Ularning hamma chiqargan nasibalari butlariga yetadi. Yaʼni, Allohga nasiba deganlari ham, butlarimizga nasiba deganlari ham, hammasi butlarga yetadi. Hamma qilgan sarflari gunohga ketadi.

«Chiqargan hukmlari qanday ham yomon-a?!»

Bunga oʻxshash ishlar har zamonda, har makonda, sof Islom boʻlmagan jamiyat va davrlarda bordir.