QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят137

وَكَذَٰلِكَ زَيَّنَ لِكَثِيرٍ مِّنَ ٱلْمُشْرِكِينَ قَتْلَ أَوْلَـٰدِهِمْ شُرَكَآؤُهُمْ لِيُرْدُوهُمْ وَلِيَلْبِسُوا۟ عَلَيْهِمْ دِينَهُمْ ۖ وَلَوْ شَآءَ ٱللَّهُ مَا فَعَلُوهُ ۖ فَذَرْهُمْ وَمَا يَفْتَرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Shuningdek, mushriklardan ko`plariga sheriklari ularni halok etish va dinlarini chalkashtirish uchun bolalarini o`ldirishni ziynatlab ko`rsatdi. Agar Alloh xohlasa, bunday qilmasdilar. Ularni va to`qiyotgan narsalarini qo`yib qo`y.Шунингдек, мушриклардан кўпларига шериклари уларни ҳалок этиш ва динларини чалкаштириш учун болаларини ўлдиришни зийнатлаб кўрсатди. Агар Аллоҳ хоҳласа, бундай қилмасдилар. Уларни ва тўқиётган нарсаларини қўйиб қўй.Alauddin Mansour: Shuningdek, shaytonlari mushriklarni halok etish va dinlarini chalkashtirib yuborish uchun ulardan koʻplariga bolalarini oʻldirishni (yaʼni, oʻz butlari uchun qurbon qilishni) chiroyli koʻrsatib qoʻydi. Agar Alloh xohlaganida bu ishni qilmagan boʻlur edilar. Bas, ularni tuhmat-boʻhtonlari bilan tark qiling!Шунингдек, шайтонлари мушрикларни ҳалок этиш ва динларини чалкаштириб юбориш учун улардан кўпларига болаларини ўлдиришни (яъни, ўз бутлари учун қурбон қилишни) чиройли кўрсатиб қўйди. Агар Аллоҳ хоҳлаганида бу ишни қилмаган бўлур эдилар. Бас, уларни туҳмат-бўҳтонлари билан тарк қилинг!

145-sahifa · 8-juz · 15-hizb145-саҳифа · 8-жуз · 15-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَكَذَٰلِكَva shuningdekва шунингдекزَيَّنَziynatlab koʻrsatdiзийнатлаб кўрсатдиلِكَثِيرٍۢkoʻplarigaкўпларигаمِّنَ-dan-данٱلْمُشْرِكِينَmushriklarмушрикларقَتْلَoʻldirishniўлдиришниأَوْلَـٰدِهِمْbolalariniболалариниشُرَكَآؤُهُمْularning sheriklariуларнинг шериклариلِيُرْدُوهُمْularni halok etish uchunуларни ҳалок этиш учунوَلِيَلْبِسُوا۟va chalkashtirish uchunва чалкаштириш учунعَلَيْهِمْulargaуларгаدِينَهُمْ ۖdinlariniдинлариниوَلَوْva agarва агарشَآءَxohlasa ediхоҳласа эдиٱللَّهُAllohАллоҳمَاemasэмасفَعَلُوهُ ۖbuni qilar edilarбуни қилар эдиларفَذَرْهُمْbas, ularni qoʻyib qoʻyбас, уларни қўйиб қўйوَمَاva narsalariniва нарсалариниيَفْتَرُونَtoʻqiyotganтўқиётган
TafsirТафсир

Bu esa, avvalgisidan ham koʻra tubanroq ishdir. Ushbu oyatdagi «sheriklar»dan murod ins va jinlarning shaytonlaridir. Qurʼon nozil boʻlish davrida arab mushriklarida ochlikdan hadiksirab yoxud asirga tushib qolsa, or-nomusdan uyalib qolmaslik uchun qiz bolalarni kichikligidayoq tiriklay koʻmib yuborish odati bor edi.

«Shuningdek, mushriklardan koʻplariga sheriklari ularni halok etish va dinlarini chalkashtirish uchun bolalarini oʻldirishni ziynatlab koʻrsatdi».

Bu ishni ularga sheriklari ziynatlab koʻrsatar edilar. Yaxshi qilding, bu qiz katta boʻlsa, bitta nonxoʻr koʻpayar edi, agar katta boʻlganda asir tushib qolsa bormi, dushmanlar uni zoʻrlasalar, u qilsalar-bu qilsalar, senga or-nomus keltirardi, deb qoʻrqitar edilar.

Shuningdek, oʻgʻil bolalarni ham nazr sifatida qurbonlik qilish odatlari bor edi. Misol uchun, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning bobolari Abdulmuttolib, oʻnta oʻgʻil koʻrsam, birini qurbonlik qilaman, deb nazr qilgani, oʻnta oʻgʻil koʻrgandan keyin qaysi birini qurbonlik qilishni bilmay, uning oʻrniga boshqa bir narsani qurbonlik qilish mumkinmi-yoʻqmi deb, najot izlagani juda ham mashhur. Bunga oʻxshash ishlar johiliyat hukm surgan har bir zamonda bor boʻlgan. Baʼzi joylarda, suv toshqinidan asraydi deb, «Turdi», «Toʻxtasin» kabi ismlilarni toʻgʻonlarga, tuproq ostiga bostirib qurbonlik qilganlar. Hozirgi zamon johiliyatida ota-onalar dunyo lazzatidan koʻproq maza qilish, bola boqish qiyinchiliklaridan qochish, sarf-xarajatlarni kamaytirish maqsadida bolalarni tugʻilmasdan avval oʻldirish–homilani olib tashlash yoki umuman, homilaga qarshi vositalarni isteʼmol qilishni yoʻlga qoʻymoqdalar. Oqibatda, katta-katta millatlar kun sayin kamayib ketayotir. Haqiqiy islomiy taʼlimot yoʻq yerda ana shunday boʻladi! Insu jinlarning shaytonlari odamlarga hattoki bolalarni oʻldirishni ham ziynatlab koʻrsatadi. Mazkur «sheriklar» bu ishni oʻziga ergashganlarni:

«...halok etish va dinlarini chalkashtirish uchun» qiladilar.

Haqiqatan ham, bu dunyo lazzatini deb yoki oʻzlaricha xudodan boshqa bir rahnamoning roziligini olaman deb, bolalarni oʻldirish halokatga olib keladi. Bu jallodlik dinga va Xoliqqa dushmanlikdir. Yaʼni, Allohning dinini qoʻyib, «sherik»larning diniga yurishdir. «Sheriklar» turli koʻrinishda boʻlishi mumkin. Insu jinlarning shaytonlaridan iborat boʻlishi, yakka shaxslar, turli tashkilotlar, davlatlar, xalqaro muassasalar yoki boshqacha shakllarda ham boʻlishi mumkin.

«Agar Alloh xohlasa, bunday qilmasdilar. Ularni va toʻqigan narsalarini qoʻyib qoʻy».

Demak, insu jin shaytonlarining va ularga ergashayotganlarning ishlari ular koʻzlagancha emas. Hammasi Alloh taoloning nazorati ostida. Agar Alloh xohlasa, bu kufr va tugʻyonlarga bormas edilar. Ammo, Alloh taolo boshqa bandalarga sinov boʻlsin deb, ularni tek qoʻydi. Buzoqning yugurgani somonxonagacha deyilganidek, din dushmanlari ham maʼlum muddatgacha oʻzlarini oʻzlari ovora qiladilar. Oqibat Islom va musulmonlarniki. Hozircha din dushmanlari va ular toʻqigan narsalar tek qoʻyib turiladi. Ular toʻqigan narsalar, deganda bandalar amal qilishi uchun Alloh tushirgan diniy taʼlimotlarga muqobil narsalar tushuniladi. Ular oʻsha oʻzlari toʻqigan narsani odamlarga ziynatlab koʻrsatadilar. Ular toʻqigan narsalar turlicha nomlanishi mumkin. Kimdir dastur deydi, boshqasi reja deyishi mumkin. Ammo, Alloh aytgan taʼlimotlarga toʻgʻri kelmagandan keyin, qanday nom bilan atalsa-da, nosharʼiy boʻlaveradi. Bularning hammasi vaqtincha, sinov uchun boʻlayotgan hodisalar.

Kelasi oyatda kofir-mushriklarning yana bir odatlari fosh qilinadi: