وَقَالُوا۟ هَـٰذِهِۦٓ أَنْعَـٰمٌ وَحَرْثٌ حِجْرٌ لَّا يَطْعَمُهَآ إِلَّا مَن نَّشَآءُ بِزَعْمِهِمْ وَأَنْعَـٰمٌ حُرِّمَتْ ظُهُورُهَا وَأَنْعَـٰمٌ لَّا يَذْكُرُونَ ٱسْمَ ٱللَّهِ عَلَيْهَا ٱفْتِرَآءً عَلَيْهِ ۚ سَيَجْزِيهِم بِمَا كَانُوا۟ يَفْتَرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular o`zlaricha: «Mana bu chorva va ekinlar harom, ularni faqat biz xohlagan kishilargina yeydilar va mana bu minishi harom qilingan chorvalar», – dedilar. Ular ma'lum chorvalarga Allohning nomini zikr qilmaslar. Bu esa, U zotga tuhmatdir. U, tezda, qilgan tuhmatlari tufayli ularga jazo berajak.Улар ўзларича: «Мана бу чорва ва экинлар ҳаром, уларни фақат биз хоҳлаган кишиларгина ейдилар ва мана бу миниши ҳаром қилинган чорвалар», – дедилар. Улар маълум чорваларга Аллоҳнинг номини зикр қилмаслар. Бу эса, У зотга туҳматдир. У, тезда, қилган туҳматлари туфайли уларга жазо беражак.Alauddin Mansour: Ular oʻzlaricha: «Mana bu hayvon va ekinlar harom, ularni faqat biz xohlagan kishilargina (yaʼni, butxona xizmatchilari va er kishilargina) yeydilar. Bu hayvonlarni esa minish harom qilingan», dedilar. Ular hayvonlarni (soʻyishda) Allohning nomini zikr qilmaydilar, (balki butlarning nomini aytadilar va mana shu qilmishlarini Alloh amri deb) U zotga tuhmat qiladilar. Yaqinda bu tuhmatlari sababli ularga Oʻzi jazo berajak.Улар ўзларича: «Мана бу ҳайвон ва экинлар ҳаром, уларни фақат биз хоҳлаган кишиларгина (яъни, бутхона хизматчилари ва эр кишиларгина) ейдилар. Бу ҳайвонларни эса миниш ҳаром қилинган», дедилар. Улар ҳайвонларни (сўйишда) Аллоҳнинг номини зикр қилмайдилар, (балки бутларнинг номини айтадилар ва мана шу қилмишларини Аллоҳ амри деб) У зотга туҳмат қиладилар. Яқинда бу туҳматлари сабабли уларга Ўзи жазо беражак.
Bu oyatda mushrik va kofirlarning eng katta jinoyatlaridan biri–halol-haromni ajratishda Allohning aytganiga yurmay, oʻzlaricha koʻngillari tusagan hukmni chiqarishlari bayon qilinmoqda. Aslida, halol yoki harom haqida hukm chiqarish Alloh taoloning haqqi. Bandalarning bu ilohiy haqqa tajovuz qilishi kufrga olib boradigan katta jinoyatdir. Agar bir inson hamma diniy aqiydalarga toʻliq iymon keltirsa, shariat koʻrsatmalariga mukammal amal qilsa-yu, Alloh halol degan narsani harom desa yoki, aksincha, harom deganini halol desa, kofir boʻladi. Bu masala shu darajada nozik masaladir. Inson hayotining har bir sohasi Allohning hukmiga muvofiq boʻlishi kerak. Alloh yagona Xoliq– yaratguvchi, yagona Roziq–rizq berguvchi, yagona Maʼbud–ibodatga sazovar zot boʻlganidek, U yagona Hokim–Oʻz hukmini yuritguvchidir. Ogʻizda, biz ham musulmonmiz, otamiz namoz oʻqigan, dinga hurmatimiz zoʻr, ammo din har bir kishining qalbida boʻlishi kerak, boshqa narsalarga aralashtirilsa boʻlmaydi, deyish eng katta kofirlik. Bu gapga ushbu oyat eng yorqin dalil. Halol-haromga oʻzlaricha baho berganlarni Alloh qattiq qoralamoqda. Bunday ishlarni Allohga tuhmat deb atamoqda va ularga qattiq jazo berilishining daragini bermoqda.
«Ular oʻzlaricha: «Mana bu chorva va ekinlar harom, ularni faqat biz xohlagan kishilargina yeydilar va mana bu minishi harom qilingan chorvalar», – dedilar».
Yaʼni, mushriklar oʻzlaricha, hujjat-dalilsiz, bu hayvonlar harom, ularni isteʼmol qilib boʻlmaydi; bu ekinlar harom, ularni isteʼmol qilish mumkin emas, deyishdi. Ular oʻzlari harom qilgan hayvon va ekinlarni xohlagan kishilarga halol qilib, yeyishga ruxsat berish haqlari borligini taʼkidlaydilar. Shuningdek, ular baʼzi hayvonlarni, minilishi harom hayvonlar deb, hukm chiqaradilar. Yaʼni, baʼzi hayvonlarning goʻshtini yeyishni harom qilishsa, baʼzi hayvonlarning minilishini harom qilishadi.
«Ular baʼzi chorvalarga Allohning nomini zikr qilishmas».
Abu Bakr ibn Ayyash Osim ibn Abu Najjuddan quyidagilarni rivoyat qiladi: «Abu Voil menga: «va bular minilishi harom qilingan chorvalardir, deydilar. Ular maʼlum chorvalarga Allohning nomini zikr qilmaydilar» degan oyatda nima borligini bilasanmi?»,–deb soʻradi. Men: «Yoʻq»,–dedim. U: «Bu, bahiyra deb atalgan hayvon boʻlib, uni minib haj qilmas edilar»,–dedi. Mujohid: «Ularning bir toifa tuyalari boʻlib, oʻsha tuyalarga Allohning nomini zikr qilmas edilar. Oʻsha tuyalarga tegishli hech bir narsada Allohning nomini zikr qilmas edilar. Ularni minsalar ham, sogʻsalar ham, ularga yuk yuklasalar ham, urchitsalar ham, boshqa biror narsa qilsalar ham, Allohni zikr qilmasdilar»,–deydi
Alloh taolo mushriklarning bu qilmishini Oʻz zotiga nisbatan tuhmat deb baholamoqda.
«Bu esa, U zotga tuhmatdir».
Yaʼni, mazkur ishlarni Allohning nomi bilan bogʻlashlari, uning dini deyishlari yoki Xudoni rozi qiladigan ish deb baholashlari va boshqa shunga oʻxshash daʼvolari Alloh taologa nisbatan buyuk tuhmatdir. Ammo, Alloh taolo tuhmatchilarni chorasiz qoldirmaydi:
«U, tezda, qilgan tuhmatlari tufayli ularga jazo berajak».
Qiyomatda har birlariga tegishli jazo belgilab qoʻyilgan. Alloh ularga adolatli jazo berishi turgan gap.
Kelasi oyatda mushriklarning yana bir fasodlari haqida gap ketadi: