QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят139

وَقَالُوا۟ مَا فِى بُطُونِ هَـٰذِهِ ٱلْأَنْعَـٰمِ خَالِصَةٌ لِّذُكُورِنَا وَمُحَرَّمٌ عَلَىٰٓ أَزْوَٰجِنَا ۖ وَإِن يَكُن مَّيْتَةً فَهُمْ فِيهِ شُرَكَآءُ ۚ سَيَجْزِيهِمْ وَصْفَهُمْ ۚ إِنَّهُۥ حَكِيمٌ عَلِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular, mana shu chorvalarning qornidagi narsalar erkaklarimizga halol, ayollarimizga harom, derlar. Agar u (qorindagi narsa) o`lik bo`lsa, ular unga sheriklardir. Tezda ularga vasflari uchun O`zi jazo berajak. Albatta, U hikmatli va yaxshi biluvchi Zotdir.Улар, мана шу чорваларнинг қорнидаги нарсалар эркакларимизга ҳалол, аёлларимизга ҳаром, дерлар. Агар у (қориндаги нарса) ўлик бўлса, улар унга шериклардир. Тезда уларга васфлари учун Ўзи жазо беражак. Албатта, У ҳикматли ва яхши билувчи Зотдир.Alauddin Mansour: Ular: «Mana bu hayvonlarning qorinlaridagi narsalar faqat erkaklarimiz uchundir, xotinlarimizga esa haromdir», dedilar. Agar u narsa (yaʼni, homila) oʻlik boʻlsa, u holda hammalari sherikdirlar (yaʼni, erkak-xotin hammalari yeyishaveradi). Yaqinda bunday (oʻzlaricha halol-harom deb) sifatlaganlari uchun ularga Oʻzi jazo berajak. Albatta, U hikmat va bilim Sohibidir.Улар: «Мана бу ҳайвонларнинг қоринларидаги нарсалар фақат эркакларимиз учундир, хотинларимизга эса ҳаромдир», дедилар. Агар у нарса (яъни, ҳомила) ўлик бўлса, у ҳолда ҳаммалари шерикдирлар (яъни, эркак-хотин ҳаммалари ейишаверади). Яқинда бундай (ўзларича ҳалол-ҳаром деб) сифатлаганлари учун уларга Ўзи жазо беражак. Албатта, У ҳикмат ва билим Соҳибидир.

146-sahifa · 8-juz · 15-hizb146-саҳифа · 8-жуз · 15-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَقَالُوا۟va dedilarва дедиларمَاnarsalarнарсаларفِى-dagi-дагиبُطُونِqorinқоринهَـٰذِهِmana shuмана шуٱلْأَنْعَـٰمِchorvalarningчорваларнингخَالِصَةٌۭxolis halolхолис ҳалолلِّذُكُورِنَاerkaklarimizgaэркакларимизгаوَمُحَرَّمٌva haromва ҳаромعَلَىٰٓ-ga-гаأَزْوَٰجِنَا ۖayollarimizаёлларимизوَإِنva agarва агарيَكُنboʻlsaбўлсаمَّيْتَةًۭoʻlikўликفَهُمْbas, ularбас, уларفِيهِungaунгаشُرَكَآءُ ۚsheriklardirшериклардирسَيَجْزِيهِمْtezda ularga jazo berajakтезда уларга жазо беражакوَصْفَهُمْ ۚvasflari uchunвасфлари учунإِنَّهُۥalbatta Uалбатта Уحَكِيمٌhikmatliҳикматлиعَلِيمٌۭyaxshi biluvchi zotdirяхши билувчи зотдир
TafsirТафсир

Bu oyatda insu jin shaytonlarining, din dushmanlari va oʻzlaricha halol-haromga «qozilik» qiluvchilar ahmoqligining yangicha koʻrinishi taʼrif qilinyapti. Oʻtgan oyatda ularning baʼzi hayvonlarni yeyish yoki minishni harom qilganliklari haqida soʻz borgan boʻlsa, bu oyat maʼlum bir hayvonni baʼzi odamlarga halol, baʼzilariga harom qilganliklari haqida soʻz ketmoqda.

«Ular, mana shu chorvalarning qornidagi narsalar erkaklarimizga halol, ayollarimizga harom, derlar. Agar u (qorindagi narsa) oʻlik boʻlsa, ular unga sheriklardir».

Ular, ushbu hayvonning homilasi erkaklarimizga halol, ayollarimizga harom, deyishar edi. Agar oʻsha hayvonning homilasi oʻlik boʻlsa, erkak-ayolga barobar halol boʻlardi. Nima uchun, qaysi dalil bilan bunday deyishlarini hech kim bilmaydi. Oʻzlari ham bilmaydilar. Oʻzicha shariat yasab, hukm chiqarishga oʻtilganda, shunday boʻladi. Nafaqat qaysi hayvon halolu qaysi hayvon haromligi masalasida, balki qolgan barcha masalalarda ham ushbu holat takrorlanaveradi. Bugun koʻngillari bir narsani tusab, oʻshanga mos qonun chiqarsalar, ertaga xuddi oʻsha odamlar uning teskarisiga ham qonun chiqaraveradilar.

Ammo, Alloh taolo ularning bu ishlarini eʼtiborsiz qoʻymaydi:

«Tezda ularga vasflari uchun Oʻzi jazo berajak».

Bu jazo ularning oʻzlari oʻylagan narsani qonun deya daʼvo qilib, shariat oʻrniga koʻtarganlari uchun sodir boʻldi.

«Albatta, U hikmatli va yaxshi bilguvchi Zotdir».

Har bir amalini Zotiga xos ilm asosida hikmat ila amalga oshiradi. Odamlar Allohning izmiga yurmay, oʻzlaricha turli hukm va qonunlar bitadilar va oqibatda halokatga yuz tutadilar.