ٱلَّذِينَ ءَاتَيْنَـٰهُمُ ٱلْكِتَـٰبَ يَعْرِفُونَهُۥ كَمَا يَعْرِفُونَ أَبْنَآءَهُمُ ۘ ٱلَّذِينَ خَسِرُوٓا۟ أَنفُسَهُمْ فَهُمْ لَا يُؤْمِنُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz kitob berganlar uni o`z farzandlarini tanigandek tanirlar. Ular o`zlariga ziyon qilganlardir, ana o`shalar iymon keltirmaslar.Биз китоб берганлар уни ўз фарзандларини танигандек танирлар. Улар ўзларига зиён қилганлардир, ана ўшалар иймон келтирмаслар.Alauddin Mansour: Biz kitob ato qilgan kimsalar (yaʼni, yahudiy va nasroniylar) uni (Muhammad paygʻambarni) oʻz bolalarini tanigan kabi taniydilar. Oʻzlariga ziyon qilgan kimsalargina iymon keltirmaydilar.Биз китоб ато қилган кимсалар (яъни, яҳудий ва насронийлар) уни (Муҳаммад пайғамбарни) ўз болаларини таниган каби танийдилар. Ўзларига зиён қилган кимсаларгина иймон келтирмайдилар.
Yaʼni, Alloh kitob bergan qavmlar–ahli kitoblar–yahudiy va nasorolar Muhammad sollallohu alayhi vasallamni xuddi oʻz farzandlarini tanigandek taniydilar. Chunki, Muhammad sollallohu alayhi vasallamning vasflari ularga Alloh tomonidan berilgan ilohiy kitobda zikr etilgan. Rivoyat qilinishicha, ushbu oyati karima haqida Hazrati Umar ibn Xattob roziyallohu anhu yahudiylarning musulmon boʻlgan olimlaridan biri Abdulloh ibn Salom roziyallohu anhudan:
«Alloh taolo Makkada Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga shunday oyat tushirgan. Bu nechuk tanishlik?»–deb soʻragan edilar. Shunda Abdulloh ibn Salom roziyallohu anhu:
«Men uni koʻrishim bilan xuddi oʻz oʻgʻlimni koʻrgandek tanidim, balki men Muhammadni oʻgʻlimdan koʻra yaxshiroq bilaman», dedi. Hazrati Umar:
«Qanday qilib?»–deb soʻradilar.
«Chunki men ayollar nima qilganini bilmayman. Ammo u zotning Allohning haq Paygʻambari ekaniga shahodat keltirganman», dedi Abdulloh ibn Salom roziyallohu anhu.
Bu inkor etib boʻlmaydigan haqiqatdir. Ahli kitoblar Muhammad sollallohu alayhi vasallamni, Qurʼonni va Islomni juda yaxshi bilardilar. Ayniqsa, bugungi kunda juda ham yaxshi biladilar. Bu toʻgʻrida sonsiz-sanoqsiz kitoblar yozdilar. Ammo ulardagi mutaassiblik haqiqatni buzib koʻrsatishdan boshqa narsa emas. Ular odamlarga Islomni buzib koʻrsatishga harakat etadilar. Bu bilan oʻzlariga ziyon qiladilar, xolos.
«Ular oʻzlariga ziyon qilganlardir, ana oʻshalar iymon keltirmaslar».