QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят21

وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ ٱفْتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًا أَوْ كَذَّبَ بِـَٔايَـٰتِهِۦٓ ۗ إِنَّهُۥ لَا يُفْلِحُ ٱلظَّـٰلِمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohga nisbatan yolg`on to`qigan yoki Uning oyatlarini yolg`onga chiqarganlardan ham ko`ra zolimroq kimsa bormi? Albatta, zolimlar najot topmaslar.Аллоҳга нисбатан ёлғон тўқиган ёки Унинг оятларини ёлғонга чиқарганлардан ҳам кўра золимроқ кимса борми? Албатта, золимлар нажот топмаслар.Alauddin Mansour: Alloh shaʼniga yolgʻon toʻqigan yoki Uning oyatlarini yolgʻon degan kimsadan ham zolimroq kim bor?! Albatta, bunday zolimlar najot topmaslar.Аллоҳ шаънига ёлғон тўқиган ёки Унинг оятларини ёлғон деган кимсадан ҳам золимроқ ким бор?! Албатта, бундай золимлар нажот топмаслар.

130-sahifa · 7-juz · 13-hizb130-саҳифа · 7-жуз · 13-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَنْva kimва кимأَظْلَمُzolimroqзолимроқمِمَّنِkimsadan koʻraкимсадан кўраٱفْتَرَىٰtoʻqiganтўқиганعَلَىnisbatanнисбатанٱللَّهِAllohgaАллоҳгаكَذِبًاyolgʻonniёлғонниأَوْyokiёкиكَذَّبَyolgʻonga chiqarganёлғонга чиқарганبِـَٔايَـٰتِهِۦٓ ۗUning oyatlariniУнинг оятлариниإِنَّهُۥalbattaалбаттаلَاemasэмасيُفْلِحُnajot toparнажот топарٱلظَّـٰلِمُونَzolimlarзолимлар
TafsirТафсир

Barcha mushriklar kabi, Makka mushriklari ham «Biz xudoning yoʻlidamiz, Uning aytganlarini qilmoqdamiz», der edilar. Oʻzlari toʻqib olgan baʼzi ibodat va amallarni ham Alloh tomonidan buyurilgan sharʼiy ishlar deb daʼvo qilishar, ammo Allohdan kelgan Qurʼon oyatlarini yolgʻonga chiqarishar edi. Ana shu jihatdan Alloh ular haqida:

«Allohga nisbatan yolgʻon toʻqigan yoki Uning oyatlarini yolgʻonga chiqarganlardan ham koʻra zolimroq kimsa bormi?»–demoqda.

«Zulm» soʻzining lugʻatdagi maʼnosi «bir narsani oʻz joyidan boshqa joyga qoʻyish»dir. Shirk Qurʼonda zulm deb ataladi. Boshqa bir oyatda: «Albatta, shirk ulugʻ zulmdir», deyilgan. Chunki, mushrik odam iymonning oʻrniga shirkni qoʻyadi. Dunyoda Allohga shirk keltirgan odamdan zolimroq kimsa yoʻq. Afsuski, bugungi kunda «musulmonman» deb yurganlar orasida ham Allohga nisbatan yolgʻon toʻqiydiganlar haddan tashqari koʻpayib ketdi. Ular ham ushbu oyatda zikr etilgan zolimlar qatoriga kirishlari muqarrar.

«Albatta, zolimlar najot topmaslar».

Avvalo, bu dunyoda najot topmaslar. Ulardan koʻplarining hayotiga nazar tashlasangiz, hammasi ham oxiri yaxshilik topmaganini koʻrasiz. Oxiratda ularning ahvoli nima boʻlishini esa, kelasi oyatlar bayon qiladi: