QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят22

وَيَوْمَ نَحْشُرُهُمْ جَمِيعًا ثُمَّ نَقُولُ لِلَّذِينَ أَشْرَكُوٓا۟ أَيْنَ شُرَكَآؤُكُمُ ٱلَّذِينَ كُنتُمْ تَزْعُمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Hammalarini jamlaydigan, so`ngra shirk keltirganlarga: «Siz xudo deb gumon qilgan sheriklaringiz qani?» – deb aytadiganimiz kunni esla.Ҳаммаларини жамлайдиган, сўнгра ширк келтирганларга: «Сиз худо деб гумон қилган шерикларингиз қани?» – деб айтадиганимиз кунни эсла.Alauddin Mansour: Ularning barchalarini toʻplab, soʻngra mushrik boʻlgan kimsalarga sizlar: «(Allohning sheriklari deb) gumon qilgan butlaringiz qani?!», deb soʻraydigan Kunimizni (eslang)!Уларнинг барчаларини тўплаб, сўнгра мушрик бўлган кимсаларга сизлар: «(Аллоҳнинг шериклари деб) гумон қилган бутларингиз қани?!», деб сўрайдиган Кунимизни (эсланг)!

130-sahifa · 7-juz · 13-hizb130-саҳифа · 7-жуз · 13-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَيَوْمَva kunni (esla)ва кунни (эсла)نَحْشُرُهُمْularni jamlaymizуларни жамлаймизجَمِيعًۭاhammalariniҳаммалариниثُمَّsoʻngraсўнграنَقُولُaytamizайтамизلِلَّذِينَoʻsha kishilargaўша кишиларгаأَشْرَكُوٓا۟shirk keltirganlargaширк келтирганларгаأَيْنَqaniқаниشُرَكَآؤُكُمُsheriklaringizшерикларингизٱلَّذِينَoʻshalarkiўшаларкиكُنتُمْsizlar edingizсизлар эдингизتَزْعُمُونَxudo deb gumon qilardingizхудо деб гумон қилардингиз
TafsirТафсир

Bu kun–qiyomat kuni. Oʻsha kuni Alloh taolo barcha xaloyiqni toʻplaydi. Oʻshanda Alloh taolo mushriklardan:

«Siz xudo deb gumon qilgan sheriklaringiz qani?» – deb...» soʻraydi.

Yaʼni, «Siz u dunyoda, Allohning sherigi bor, deb eʼtiqod qilardingiz. Oʻsha sherikning roziligi uchun kuyib-pishar edingiz. Endi oʻsha oʻzingiz gumon qilgan «sherik»laringiz qani?»–deb soʻraydi.

Bu oʻrinda shirk deganda faqat but va sanamlarga choʻqinishni tushunmaslik kerak. Islomda «shirk» keng tushunchaga ega. Yagona Allohga xolis eʼtiqod qilmay, borliqdagi hodisalarda boshqa bir kuchning ham taʼsiri bor, deb gumon qilishning barcha koʻrinishlari shirkdir. Turli ibodat va nazrlarni ado etishda Allohdan boshqaga yuzlanish yoki boshqaning roziligini izlash ham shirkdir. Shuningdek, har bir narsada Alloh shariatidan boshqa yoʻriqlarga amal qilish ham shirkdir. Oxiratda bularning hammasi albatta soʻraladi.