QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят25

وَمِنْهُم مَّن يَسْتَمِعُ إِلَيْكَ ۖ وَجَعَلْنَا عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ أَكِنَّةً أَن يَفْقَهُوهُ وَفِىٓ ءَاذَانِهِمْ وَقْرًا ۚ وَإِن يَرَوْا۟ كُلَّ ءَايَةٍ لَّا يُؤْمِنُوا۟ بِهَا ۚ حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءُوكَ يُجَـٰدِلُونَكَ يَقُولُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ إِنْ هَـٰذَآ إِلَّآ أَسَـٰطِيرُ ٱلْأَوَّلِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ulardan senga quloq tutadiganlari ham bor. Biz uni fahmlamasliklari uchun qalblariga parda va quloqlariga to`siq qilib qo`ydik. Barcha oyatlarni ko`rsalar ham, ular iymon keltirmaslar. Hatto, oldingga sen bilan tortishuvga kelganlarida, kufr keltirganlar: «Bu, o`tganlarning afsonalaridan boshqa narsa emas», derlar.Улардан сенга қулоқ тутадиганлари ҳам бор. Биз уни фаҳмламасликлари учун қалбларига парда ва қулоқларига тўсиқ қилиб қўйдик. Барча оятларни кўрсалар ҳам, улар иймон келтирмаслар. Ҳатто, олдингга сен билан тортишувга келганларида, куфр келтирганлар: «Бу, ўтганларнинг афсоналаридан бошқа нарса эмас», дерлар.Alauddin Mansour: Ulardan sizga quloq tutadiganlari ham bor, (lekin) Biz uni (Qurʼonni) anglamasliklari uchun dillarini pardalab, quloqlarini ogʻir qilib qoʻydik. Ular bor oyatlarni (moʻʼjizalarni) koʻrsalar ham, u (oyat)larga iymon keltirmaydilar. Hattoki siz bilan janjallashgani oldingizga kelgan paytlarida ham, kofir boʻlgan kimsalar: «Bu (Qurʼon) faqat avvalgilardan qolgan afsonalar, xolos», deydilar.Улардан сизга қулоқ тутадиганлари ҳам бор, (лекин) Биз уни (Қуръонни) англамасликлари учун дилларини пардалаб, қулоқларини оғир қилиб қўйдик. Улар бор оятларни (мўъжизаларни) кўрсалар ҳам, у (оят)ларга иймон келтирмайдилар. Ҳаттоки сиз билан жанжаллашгани олдингизга келган пайтларида ҳам, кофир бўлган кимсалар: «Бу (Қуръон) фақат аввалгилардан қолган афсоналар, холос», дейдилар.

130-sahifa · 7-juz · 13-hizb130-саҳифа · 7-жуз · 13-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمِنْهُمva ulardanва уларданمَّنkimdir (bor)кимдир (бор)يَسْتَمِعُquloq tutadiқулоқ тутадиإِلَيْكَ ۖsengaсенгаوَجَعَلْنَاva Biz qilib qoʻydikва Биз қилиб қўйдикعَلَىٰustigaустигаقُلُوبِهِمْqalblarigaқалбларигаأَكِنَّةًpardalarпардаларأَنtokiтокиيَفْقَهُوهُuni fahmlamasinlarуни фаҳмламасинларوَفِىٓva ichigaва ичигаءَاذَانِهِمْquloqlarigaқулоқларигаوَقْرًۭا ۚtoʻsiq (karlik)тўсиқ (карлик)وَإِنva agarва агарيَرَوْا۟koʻrsalarкўрсаларكُلَّbarchaбарчаءَايَةٍۢoyatniоятниلَّاemasэмасيُؤْمِنُوا۟iymon keltirmaslarиймон келтирмасларبِهَا ۚungaунгаحَتَّىٰٓhattoҳаттоإِذَاqachonkiқачонкиجَآءُوكَoldingga kelganlaridaолдингга келганларидаيُجَـٰدِلُونَكَsen bilan tortishibсен билан тортишибيَقُولُderlarдерларٱلَّذِينَoʻshalarўшаларكَفَرُوٓا۟kufr keltirganlarкуфр келтирганларإِنْemasэмасهَـٰذَآbuбуإِلَّآ-dan boshqa-дан бошқаأَسَـٰطِيرُafsonalariафсоналариٱلْأَوَّلِينَoʻtganlarningўтганларнинг
TafsirТафсир

Qurʼon tinglab, unga fahmlari yetmagan, uning yoʻriqlariga yurmagan baʼzi odamlarning haqiqiy holatini Alloh oʻz Paygʻambariga bildiradi:

«Ulardan senga quloq tutadiganlari ham bor».

Yaʼni, ular ham Qurʼonga quloq osadilar, uni tinglaydilar, ammo qalblari undan taʼsirlanmaydi. Chunki, ularning qalblari parda bilan chirmalgan. Bu qalblarga Qurʼon hidoyati kirmaydi.

«Biz uni fahmlamasliklari uchun qalblariga parda va quloqlariga toʻsiq qilib qoʻydik».

Ularning quloqlari Qurʼon oyatlari tilovatini eshitadi, ammo hollari eshitmagandan badtar. Chunki, ibrat olmaydilar. Xuddi quloqlarida toʻsiq bor kar kishilarga oʻxshaydilar. Ularning eshitganlari oʻzlariga foyda qilmaganidek, koʻrganlari ham naf bermaydi.

«Barcha oyatlarni koʻrsalar ham, ularga iymon keltirmaslar».

«Oyat» soʻzi Qurʼon oyatidan tashqari, belgi, alomat va moʻʼjiza maʼnolarini anglatishini avvalroq eslatib oʻtgan edik. Demak, mazkur mushrik-kofirlar iymonli boʻlishni taqozo etadigan koʻpgina alomatlarni koʻrsalar ham, ulardan ibrat olmaydilar. Xuddi hech narsani koʻrmagandek, iymonga kelmay yuradilar.

Oyatlarni eshitib, koʻrib turib iymonga kelmaganlari yetmagandek, Islom, Qurʼon haqida yolgʻon va boʻhton gaplar toʻqiydilar:

«Hatto, oldingga sen bilan tortishuvga kelganlarida, kufr keltirganlar: «Bu, oʻtganlarning afsonalaridan boshqa narsa emas», derlar».

Bu, ularning Qurʼoni Karim haqidagi boʻhtonlaridir. Afsonalar–aslida boʻlmagan, moʻʼjizalarga, gʻayrioddiy hodisalarga boy rivoyatlar ekanligi hammaga maʼlum. Qurʼoni Karimda oʻtgan ummatlar qissalari borligini eshitgan mushriklar u haqda yuqoridagi boʻhtonni toʻqiganlar. Hatto baʼzi mushriklar Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam odamlarga Qurʼoni Karim oyatlarini oʻqib berayotganlarida yonlariga oʻtirib olar ekan-da, u kishi Qurʼon tilovatini tamom qilganlaridan soʻng: «Muhammad sizlarga burungilarning afsonalarini aytib bergan boʻlsa, men undan ham yaxshilarini bilaman», deb fors afsonalarini aytishga boshlar ekan. Mushriklar bu bilan kifoyalanib qolmasdan: