وَهُمْ يَنْهَوْنَ عَنْهُ وَيَنْـَٔوْنَ عَنْهُ ۖ وَإِن يُهْلِكُونَ إِلَّآ أَنفُسَهُمْ وَمَا يَشْعُرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va ular (odamlarni) undan qaytarurlar va undan uzoqlashurlar. Ular sezmagan hollarida o`zlarini halok qilurlar, xolos.Ва улар (одамларни) ундан қайтарурлар ва ундан узоқлашурлар. Улар сезмаган ҳолларида ўзларини ҳалок қилурлар, холос.Alauddin Mansour: Ular (oʻzgalarni) undan (Qurʼondan) qaytaradilar va oʻzlari ham undan chetlanadilar. Ular oʻzlari sezmagan hollarida faqat oʻzlarini halok qiladilar, xolos.Улар (ўзгаларни) ундан (Қуръондан) қайтарадилар ва ўзлари ҳам ундан четланадилар. Улар ўзлари сезмаган ҳолларида фақат ўзларини ҳалок қиладилар, холос.
Avvalgi va hozirgi mushrik-kofirlarning holi ajabtovur: oʻzlari, Qurʼon oʻtganlarning afsonalari, deydilar. Biroq,
«Va ular (odamlarni) undan qaytarurlar»
Ha,haqiqiy afsonalardan odamlarni qaytarmagan hollarida, Qurʼoni Karimdan qaytaradilar. Uni eshitishga, oʻqib-oʻrganishga yoʻl qoʻymaydilar. Boshqa turli-tuman afsonalarni targʻib qiladilar, Qurʼoni Karimni esa, turli yoʻllar bilan taʼqiqlaydilar. Mana shuning oʻzi ham ularning Qurʼon haqidagi boʻhtonlari nooʻrin ekanligiga dalildir.
Ular odamlarni, musulmon boʻlib qolmasin deb, Qurʼondan qaytarishlari yetmagandek, oʻzlari ham:
«...undan uzoqlashurlar».
Ular Qurʼonga yaqinlashsalar, musulmon boʻlib qolishlaridan qoʻrqadilar. Bu hol ularning mutlaqo notoʻgʻri yoʻlda ekanliklarini oʻzlari ham bilishini koʻrsatadi. Bu ishlari bilan:
«Ular sezmagan hollarida oʻzlarini halok qilurlar, xolos».
Qurʼondan uzoqlashish va undan odamlarni qaytarishdan ham koʻra kattaroq halokat bormi? Ular oʻzlarini ezgu va ulkan ish qilayotgandek his etadilar. Aslida esa, aldanadilar, sezmagan hollarida oʻzlarini oʻzlari halok qiladilar.
Ular shundoq qilib yurib besh kunlik dunyodan oʻtib ketadilar. Ularning holi oxiratda qandoq boʻlishini bir koʻrsang edi.