QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят27

وَلَوْ تَرَىٰٓ إِذْ وُقِفُوا۟ عَلَى ٱلنَّارِ فَقَالُوا۟ يَـٰلَيْتَنَا نُرَدُّ وَلَا نُكَذِّبَ بِـَٔايَـٰتِ رَبِّنَا وَنَكُونَ مِنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Do`zax ustida to`xtatilganlarida: «Qani endi (u dunyoga) qaytarilsak edi, Robbimizning oyatlarini yolg`onga chiqarmas edik va mo`minlardan bo`lar edik», deyishlarini ko`rsang edi.Дўзах устида тўхтатилганларида: «Қани энди (у дунёга) қайтарилсак эди, Роббимизнинг оятларини ёлғонга чиқармас эдик ва мўминлардан бўлар эдик», дейишларини кўрсанг эди.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ularni doʻzax ustida turgʻazib qoʻyilgan paytlarida: «Qani endi bizlar (dunyoga) qaytarilsak va Parvardigorimizning oyatlarini yolgʻon demay, moʻminlardan boʻlsak», deganlarini koʻrsangiz edi.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), уларни дўзах устида турғазиб қўйилган пайтларида: «Қани энди бизлар (дунёга) қайтарилсак ва Парвардигоримизнинг оятларини ёлғон демай, мўминлардан бўлсак», деганларини кўрсангиз эди.

130-sahifa · 7-juz · 13-hizb130-саҳифа · 7-жуз · 13-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَوْva agarва агарتَرَىٰٓkoʻrsang ediкўрсанг эдиإِذْoʻshandaўшандаوُقِفُوا۟toʻxtatilganlaridaтўхтатилганларидаعَلَىustidaустидаٱلنَّارِdoʻzaxдўзахفَقَالُوا۟bas, dedilarбас, дедиларيَـٰلَيْتَنَاqani endi bizқани энди бизنُرَدُّqaytarilsak ediқайтарилсак эдиوَلَاva emasва эмасنُكَذِّبَyolgʻonga chiqarmas edikёлғонга чиқармас эдикبِـَٔايَـٰتِoyatlariniоятлариниرَبِّنَاRobbimizningРоббимизнингوَنَكُونَva boʻlar edikва бўлар эдикمِنَ-dan-данٱلْمُؤْمِنِينَmoʻminlardanмўминлардан
TafsirТафсир

Mushriklar noqulay holga tushib qolganda–farishtalar ularni doʻzax ustida toʻxtatganlarida, ajoyib bir holatni koʻrasan!

«Qani endi (u dunyoga) qaytarilsak edi, Robbimizning oyatlarini yolgʻonga chiqarmas edik va moʻminlardan boʻlar edik», deyishlarini koʻrsang edi».

Ularning «Robbimiz» deyishlariga qara! Ularning Robbilari bor emish. Doʻzax ustida toʻxtatilgunlaricha bunaqa gaplarni bilmas edilar. Qara-ya, Robbilarining oyatlarini yolgʻonga chiqarmagan, moʻminlardan boʻlar emishlar. Bu gaplarni endi aytishlariga boq!