بَلْ بَدَا لَهُم مَّا كَانُوا۟ يُخْفُونَ مِن قَبْلُ ۖ وَلَوْ رُدُّوا۟ لَعَادُوا۟ لِمَا نُهُوا۟ عَنْهُ وَإِنَّهُمْ لَكَـٰذِبُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yo`q! Unday emas. Ular oldin maxfiy tutgan narsa o`zlariga oshkor bo`ldi, xolos. Agar ular (bu dunyoga) qaytarilsalar ham, o`zlari man qilingan narsaga qayturlar va, albatta, ular yolg`onchilardir.Йўқ! Ундай эмас. Улар олдин махфий тутган нарса ўзларига ошкор бўлди, холос. Агар улар (бу дунёга) қайтарилсалар ҳам, ўзлари ман қилинган нарсага қайтурлар ва, албатта, улар ёлғончилардир.Alauddin Mansour: Yoʻq, (iymonga kelmaydilar. Faqat hozir — Qiyomat Kuni) ularga ilgari yashirib yurgan narsalari oshkor boʻlib qoldi, xolos. Agar (dunyoga) qaytarilsalar, shubhasiz, oʻzlari, manʼ qilingan ishlarga qaytadilar — albatta ular yolgʻonchidirlar.Йўқ, (иймонга келмайдилар. Фақат ҳозир — Қиёмат Куни) уларга илгари яшириб юрган нарсалари ошкор бўлиб қолди, холос. Агар (дунёга) қайтарилсалар, шубҳасиз, ўзлари, манъ қилинган ишларга қайтадилар — албатта улар ёлғончидирлар.
Mushrik va kofirlarning doʻzax ustida toʻxtatilganlarida aytgan gaplari haqiqat emas, chin dildan emas, ha,
«Unday emas. Ular oldin maxfiy tutgan narsa oʻzlariga oshkor boʻldi, xolos».
Ha, bu gaplar ular hayotlari davomida dillarida yashirib kelgan tuygʻularning oshkora boʻlishi, xolos. Boringki, ular bu dunyoga qaytdilar, deb faraz ham qilaylik: ular shu tobda aytib turgan, «Robbimizning oyatlarini yolgʻonga chiqarmas edik va moʻminlardan boʻlar edik», degan gaplarini aytmaydilar.
«Agar ular (bu dunyoga) qaytarilsalar ham, oʻzlari man qilingan narsaga qayturlar va, albatta, ular yolgʻonchilardir».
Ular man qilingan shirk va kufrga yana qaytadilar. Ular yolgʻonchidirlar. «Agar bu dunyoga qaytarilsak, u qilar edik, bu qilar edik», deb nochor qolganda berayotgan vaʼdalari va ichayotgan qasamlari ham yolgʻon.